Carlos Manuel Brito Leal de Queiroz (1953-yil 1-martda tugʻilgan) – portugaliyalik futbol murabbiyi boʻlib, hozir Ummon milliy terma jamoasiga murabbiylik qilmoqda.

Carlos 1989 va 1991-yillarda Portugaliya terma jamoasini 20 yoshgacha boʻlgan oʻyinchilar oʻrtasida jahon chempioni qilgani bilan tanilgan. Oʻshanda u portugaliyalik oʻyinchilarning istiqbolli „oltin“ avlodini boshqargan boʻlib, ular orasida Luís Figo va Rui Costa ham bor edi. 1984-yilda Portugaliya futbol federatsiyasi murabbiylar jamoasiga kichik toifalar terma jamoasi murabbiyi Xose Agustinoning yordamchisi sifatida qoʻshilgan, biroq uning yoshlar bilan ishlashi bundan oldinroq boshlangan edi. 1982-yildan 1984-yilgacha oʻz mamlakatida futbolni rivojlantirish uchun turli dasturlarni, shuningdek, Futbol 5 (besh yoshli futbolchilar) va ayollar futbolini tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqqan.

Carlos oʻz vatani Portugaliya, shuningdek Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Afrika, Eron, Kolumbiya, Misr va Qatar milliy terma jamoalarining bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. Janubiy Afrika (2002), Portugaliya (2010) va Eronni (2014, 2018 va 2022) FIFA Jahon chempionatiga olib chiqqan. Klub darajasida u Sporting CP, MLS ligasidagi Nyu-York / Nyu-Jersi Metrostars hamda Ispaniyaning „Real Madrid“ jamoalarini boshqargan. Bundan tashqari, Angliyaning „Manchester United“ klubida Alex Fergusonning yordamchi murabbiyi sifatida ikki bor faoliyat yuritgan.

Queiroz yoshlar jamoalari murabbiyi sifatida bir qator mukofotlarga sazovor boʻlgan va kattalar hamda klub darajasida, asosan Aleks Fergyusonning yordamchisi sifatida katta yutuqlarga erishgan. 1998-yilda u AQShda futbolchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha batafsil rejalarni oʻz ichiga olgan „Q-Report“ nomli hisobotni tayyorlagan.

Keyrush Eron milliy terma jamoasi tarixidagi eng uzoq muddat ishlagan murabbiy boʻlib, 2011—2019-yillar oraligʻida deyarli sakkiz yil faoliyat yuritgan. Carlos shuningdek, 2022-yilgi Jahon chempionati musobaqalaridan avval Eron terma jamoasini turnirga tayyorgarsh yana bosh murabbiy lavozimiga tayinlangan. Queiroz mamlakat tarixida ketma-ket uchta Jahon chempionatida jamoani boshqargan yagona murabbiy hisoblanadi. 2022-yildan keyin u qisqa muddat Qatar terma jamoasini boshqargan, soʻngra 2025-yil iyul oyida Ummon milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Yutuqlari Yordamchi murabbiy

Manchester United

Premer-liga: 2002-03, 2006-07, 2007-08 UEFA Chempionlar Ligasi: 2007-08

Murabbiy

Portugaliya

FIFA Yoshlar jahon chempionati: 1989, 1991 UEFA 16 yoshgacha boʻlganlar Yevropa chempionati: 1989 FIFA U-17 Jahon kubogi 3-oʻrin: 1989

Sporting CPCarlos Queiroz at Soccerway

Portugaliya kubogi: 1994-95 Primeira Divisão 2-oʻrin: 1994-95 Supertaça Cândido de Oliveira: 1995

Nagoya Grampus

Osiyo Kubok gʻoliblari kubogi 2-oʻrin: 1996-97 J-Liga 2-oʻrin: 1996 Sanva Bank kubogi: 1996 Suntori chempionati: 1997

Birlashgan Arab Amirliklari

Fors koʻrfazi kubogi 3-oʻrin: 1998 FIFA Arab kubogi 4-oʻrin: 1998

Real Madrid

Ispaniya Superkubogi: 2003 Qirol kubogi 2-oʻrin: 2003-04

Misr

Afrika Millatlar Kubogi 2-oʻrin: 2021

Manbalar

Havolalar

Carlos Queiroz profile Manchester United (2006-yil 31-avgustda arxivlangan)

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Portugaliyalik futbol murabbiylar Turkum:Real Madrid CF murabbiylari Turkum:La Liga murabbiylari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 murabbiylari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 murabbiylari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 murabbiylari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 murabbiylari Turkum:2026-yilgi FIFA jahon chempionati murabbiylari Turkum:AFC Osiyo Kubogi 2015 murabbiylari Turkum:AFC Osiyo Kubogi 2019 murabbiylari Turkum:Birlashgan Arab Amirliklari milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Portugaliya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Ummon milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Qatar milliy futbol terma jamoasi murabbiylari