Vladimir Sergeevich Kim (, 1960-yil 29-oktabr, Olmota) – Qozogʻistonning eng yirik tadbirkorlaridan biri, milliarderForbes profileBusinessWeek profile Richard Orange, 'Vladimir Kim reverses plans to sell more of Kazakhmys stakeʼ, in The Daily Telegraph, 15-Feb 2011-yil.

Yoshligi Kim koreys millatiga mansub. 1982-yilda Qozogʻiston arxitektura-qurilish akademiyasini (oʻsha paytda Olma-Ota arxitektura instituti deb atalgan) muhandis-qurilish mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1998-yilda Kaliforniyadagi John F. Kennedy universitetida biznes va maʼmuriy boshqaruv boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini oldiBusinessWeek profile.

Karyerasi 1995-yilda Kim oʻsha paytdagi „Qozoqmis“ning asosiy shoʻba korxonasi – „Jezkazganranglimetall“ OAJ bosh ijrochi direktori etib tayinlangan. 2000-yilda direktorlar kengashi raisi, 2005-yil oktyabr oyida esa Qozoqmis raisi etib saylangan. Kim 2013-yilning may oyida Kazaxmys boshqaruvi raisi lavozimini tark etib, direktor boʻldiBusinessWeek profile. 2014-yilda Guruhni qayta qurish tugallangandan soʻng, KAZ Minerals PLC kompaniyasining direktori va asosiy aksiyadori boʻlib qoldi. U KAZ Mineralsning taxminan 33 foiziga ega.

2022-yilda Kim 5 milliard dollar boyligi bilan Forbes jurnali tomonidan ketma-ket beshinchi yil Qozogʻistonning eng boy odami deb topildi. U global reytingda 584-oʻrinni egallaydi.

2023-yil iyun oyida Hitech Grand Prix avtopoyga jamoasining 25% ulushini sotib olganini eʼlon qildi.

Uylangan, uch farzandi bor. Qozogʻistonning Olmaota shahrida istiqomat qiladi.

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston milliarderlari