Dilorom Gʻofurjonovna Toshmuhamedova (1962-yil 19-dekabr, Toshkentda tavallud topgan) — oʻzbekistonlik shifokor, siyosatchi, jamoat arbobi. 2020-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yoshlar, fan, taʼlim masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari. 2018-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oila“ markazi direktori. 2007-2015-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri. Tibbiyot fanlari nomzodi.

Biografiyasi Maʼlumoti boʻyicha shifokor. 1984-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini va 2003-yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

1984-1993-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida turli lavozimlarda ishlagan.

1993-1997-yillarda „Farmed“ xususiy korxonasi direktori.

1997-2002-yillarda Oliy Majlisning xalqaro aloqalar qoʻmitasi aʼzosi.

2002-2007-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining xalqaro aloqalar qoʻmitasi raisi.

2007-2015-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri.

2007-yilda prezidentlikka nomzod boʻlgan.

2015-yil 5-yanvar kungi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 1-majlisida uning oʻrnini deputat, Mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisi Nurdinjon Ismoilov egalladi.

2018-yildan 2020-yilgacha — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Oila“ markazi direktori.

2020-yil 17-yanvardan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yoshlar, fan, taʼlim masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston senatorlari Turkum:Toshkent tibbiyot akademiyasi bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonlik shifokorlar