James Carr Walton (, 1948-yil 7-iyunda tugʻilgan) – amerikalik tadbirkor, hozir Walmart shirkatining egalaridan biri. 2023-yil noyabr holatiga koʻra, Walton Bloomberg Billionaires Index maʼlumotlariga koʻra, 73 milliard dollar boyligi bilan dunyoda 15-oʻrinda turadi.

Biografiyasi Sam Waltonning kenja oʻgʻlidir . Arkanzas shtatining Jekson okrugidagi Nyuport shahrida tugʻilgan. Walmart asoschisi Sem Uolton (1918–1992) va Xelen Uoltonning (1919–2007) farzandi. Rob Uolton, Elis Uolton va Jon Uoltonning ukasi. Uolton 1965-yilda Bentonvil oʻrta maktabini tamomlagan. Shtat darajasida futbol oʻynagan va samolyotda uchishni ham oʻrgangan. Uolton 1971-yilda Arkanzas shtatining Fayettevill shahridagi Arkanzas universitetida marketing boʻyicha biznes boshqaruvi bakalavri darajasini oldi. 1972-yildan koʻchmas mulk savdolarida qatnashdi. 1975-yilda oilaga tegishli Walton Enterprises kompaniyasiga prezident boʻldi.

2005-yil 28-sentyabrda vafot etgan akasi Jonning oʻrniga Walmart direktorlar kengashiga kirdi. Hozir Strategik rejalashtirish va moliya qoʻmitalarida raislik qiladi. Arvest Bank raisi boʻlgunga qadar oilasiga tegishli Arvest Bankning bosh direktori va Jim Uoltonga tegishli Community Publishers Inc. gazeta kompaniyasining raisi boʻldi.

2008-yildan 2013-yilgacha aka-ukalari bilan oilaviy fondiga taxminan 2 milliard dollar ajratgan.

Shaxsiy hayoti Uning toʻrt farzandi bor: Elis A. Proietti (1979-yil noyabrda tugʻilgan), Styuart Uolton (1981-yil aprelda tugʻilgan), Tomas L. Uolton (1983-yil sentyabrda tugʻilgan) va Jeyms M. Uolton (1987-yil avgustda tugʻilgan). Oila Arkanzas shtatining Bentonvil shahrida istiqomat qiladi.

2014-yilda Forbes milliarderlar roʻyxatida 34,7 milliard dollarlik boyligi bilan 10-oʻrinni egalladi. 2013-yilgi Forbes 400 Amerikaning eng boy odamlari roʻyxatida u 7-oʻrinni egalladi. 2019-yil mart oyi holatiga koʻra, 45,7 milliard dollarlik boyligi bilan dunyoning 16-eng boy odami sifatida qayd etilgan.

Manbalar

Turkum:AQSh tadbirkorlari Turkum:AQSh milliarderlari Turkum:Yashayotgan insonlar