Qobus ibn Said Al Said () – 1970-yil 23-iyuldan vafotigacha Ummon sultoni boʻlgan. Al Said xonadoni asoschisining oʻn beshinchi avlodi. Yaqin Sharq va arab dunyosida eng uzoq vaqt (deyarli yarim asr) davomida hukmronlik qilganVideo.

Maskat va Ummon sultoni Said bin Taymurning yagona oʻgʻliSULTAN, SOVYeRShIVShIY PRIJOK V BUDUЩYeYe . Angliyaning Suffolk shahrida taʼlim olgan. Sandhurst qirollik harbiy akademiyasini tugatgandan soʻng, qisqa muddat Britaniya armiyasida xizmat qildiUmmon sultonlari. 1966-yilda Ummonga qaytib keldi. 1970-yilda Qobus Britaniya koʻmagida davlat toʻntarishi natijasida otasini agʻdarib, Ummon taxtiga oʻtirdi. Mamlakat nomi keyinchalik Ummon Sultonligi deb oʻzgartirildihttps://m.kun.uz/news/2020/01/11/ummon-sultoni-vafot-etdi.

Sulton sifatida Qobus modernizatsiya siyosatini amalga oshirdi va Ummonning xalqaro izolyatsiyasiga barham berdiMessage of condolence from The Queen on the passing of Sultan Qaboos bin Said al Said, Retrieved on 15 January 2020.European Union.. Uning hukmronligi davrida mamlakatda turmush darajasi va taraqqiyoti koʻtarildi, quldorlik bekor qilindi, Dufar qoʻzgʻoloni bostirildi va Ummon konstitutsiyasi eʼlon qilindi.

Sogʻligʻidan aziyat chekkan Qobus 2020-yilda vafot etdi. Uning farzandlari yoʻq edi, shuning uchun oʻlimidan keyin voris qoldirish boʻyicha toʻxtamga kelish uchun qirollik sudiga murojaat qildi. Ehtiyotkorlik uchun kelishuvga erishilmagan taqdirda, oʻzining vorisi nomi koʻrsatilgan xatni yashirdi. Uning oʻlimidan soʻng qirollik saroyi Qobusning maktubini koʻrib chiqdi va uning vorisi boʻlgan amakivachchasi Haysam bin Tariqni sulton deb eʼlon qildi.

Manbalar

Turkum:Ummon sultonlari Turkum:Ummon milliarderlari Turkum:Pahlaviy ordeni sohiblari