Anzur Husanovich Ismoilov (1985-yili 21-aprelda Toshkent shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, himoyachi va tayanch yarim himoyachisi pozitsiyalarida oʻynaydi. Hozir Oʻzbekistonning „Lokomotiv“ futbol klubida oʻynaydi.

2007—2021-yilllar davomida milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan.

Jamoalardagi faoliyati Professional futboldagi karyerasini 2001-yili Dinamo Samarqand futbol klubida boshlagan, 2002 va 2003-yillari Toshkentning „Traktor“ klubida oʻynagan. 2003-yildan 2009-yilgacha Paxtakor sharafini himoya qilgan boʻlsa, 2010-yilda „Bunyodkor PFK“ klubida 25 oʻyinda qatnashib 2ta golga mualliflik qildi.

2011-yilning 17-fevralidan boshlab Xitoyning Changchun Yatai FC klubiga oʻtdi va hozirgacha oʻsha klub sharafini himoya qilib kemoqda. Xitoy chempionatlarida 8 yil davomida harakat qildi. 2018-yilgi mavsumda Toshkentnig „Lokomotiv“ jamoasi taklifi tufayli vataniga qaytdi va termiryoʻlchilar bilan shartnoma imzoladi. Ikki yil davomida „termiryoʻlchilar“ safida harakat qilgan Anzur 2020-yilgi mavsumda sobiq jamoasi, Toshkentning boshqa bir klubi „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. „Sherlar“ safida 2 mavsum davomida harakat qilib Oʻzbekiston chempioni, Kubok va Superkubok sohiubiga aylandi. 2022-yilgi mavsumdan Olmaliqning „OKMK“ jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. 2024-yilda sobiq jamoasi, Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasiga qaytdi va bir yillik shartnoma imzolagan.

Terma jamoadagi faoliyati Terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2007-yili 2-iyulda Iroq terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda oʻtkazgan, oʻshanda oʻyinning 70-daqiqasida Anzur jamoadoshi Aleksey Nikolayev bilan almashtirilgan edi.

2013-yilning 10-sentyabrida 2014-yilgi jahon chempionatiga saralash bahslarining 5-roundi ikkinchi javob uchrashuvida terma jamoasiga qarshi kechgan oʻyinning boshida gol urib qahramonga aylangan edi, ammo oʻyinning oxirida penaltilar seriyasida gol urolmay, terma jamoaning jahon chempionati saralashdagi odimini toʻxtatgan edi.

2007-yilgi Osiyo kubogida ishtirok etib terma jamoa safida bitta uchrashuvda maydonga tushgan, 2011-yilgi Osiyo kubogida 5ta oʻyinda maydonga tushib yarim final ishtirokchisi boʻlgan boʻlsa, 2015-yilgi Osiyo kubogida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib terma jamoa sharafini himoya qilgan. Jami terma jamoa safida 101 ta oʻyin oʻtkazib raqiblar darvozasini 3 marta ishgʻol qilgan. 2019-yilda terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasadi.

Milliy terma jamoa uchun gollar

Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.

№SanaStadionRaqibHisobNatijaCompetition1.2013-yil 10-sentyabrPaxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston1-01-12014-yilgi jahon chempionati saralashi2.2015-yil 16-iyunKim Il-sung stadioni, Pxenyan, Shimoliy Koreya1-42-42018-yilgi jahon chempionati saralashi3.2016-yil 24-martBunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston1-01-02018-yilgi jahon chempionati saralashi

Doping nazorati 2009-yil oktyabr oyida Ismoilov 2009-yil 17-iyunda oʻyindan keyingi doping nazoratida tetrahidrokannabinol (nasha) moddasi mavjudligi uchun uch oyga diskvalifikatsiya qilindiAnzur Ismailov found guilty of anti-doping rule violation, fifa.com, 2 October 2009.

Yana qarang

Xalqaro darajadagi 100 va undan ortiq oʻyinlardan maydonga tushgan erkak futbolchilar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Samarqand sport kishilari Turkum:Erkaklar futboli markaziy himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Changchun Yatai F.C. futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Xitoy Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Osiyo Kubogi 2007 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2011 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2006 futbolchilari Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi