Oqiljon Husanov (1932.04, Jizzax tumani, Ravotlik qishlogʻi – 2001-yilda vafot etganhttps://arboblar.uz/uz/people/khusanov-okilzhonhttps://ziyouz.uz/ozbek-ziyolilari/oqiljon-husanov-1932-2001/) — shoir. Oʻrta maktabni bitirgach (1940—1949), Samarqand dorulfununida (1949— 1954) taʼlim oladi. Samarqand viloyat gazetasi „Lenin yo‘lida“ musahhihlikdan masʼul kotib darajasigacha bo‘lgan lavozimga ko‘tariladi. Toshkentda „Mushtum“ (1960), „Sharq yulduzi“ (1967-1979) oynomalarida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, masʼul kotib sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Oqiljon Husanov „Guliston“ (1980-2011) oynomasida turli lavozimlardan bosh muharrir o‘rinbosari darajasigacha xizmat qildi.
Asarlari „Qo‘shiqchining taqdiri“ (1963) „Samarqand bulbuli“ „Mehri daryolar“ (1971) „Bo‘lmagapga bo‘lishma“ (1973) „Qashqar go‘zali“ (1976) „Tog‘da o‘sgan bola“ (1975) „Tog‘da o‘sgan bola yohud jiyapning yangi sarguzashtlari“ (1980) „Sirli odam“ (1980) „Bulbulning go‘shti“ (1977) „Taqilmagan uzuk“ (1983) „Baxt qayerda“ (1987) „Qishloqqa sayohat“ (1988) „Ucholsa ham ucholmagan turna“ (1990) „Ustaning muhabbati“ (1991) „Go‘ro‘g‘li qissasi“
Oqiljon Husanovning yuqorida keltirilgan asarlarida pokiza va beg‘ubor yoshlik kechinmalaridan, ularning yechilgan yoxud yechilmay qolgan orzu-armonlaridan, muhabbat sarguzashtlaridan hikoya qiladi. Uning ko‘p asarlari rus va qardosh xalqlar tillarida ham chop etilgan.
Yozuvchi 1982-yilda Oʻzbekistopda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.Sobir Marvaliyev. Oʻzbek adiblari. T.: „Fan“, 1993
Manbalar
Havolalar Oqiljon Husanovning surʼati
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari