Gulchehra Nurullayeva (1938-yil, Toshkent viloyati, Choshtepa qishlogʻi — 2021-yil 16-yanvar Toshkent shahri) — oʻzbek shoirasi, jurnalisti va siyosiy faoli. Yoshligi Gulchehra Nurullayeva oddiy xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. Otasi chor-nochor ro‘zg‘or tebratgan. Onasi esa uy yumushi bilan band bo‘lgan. U 1946—1956-yillarda o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatgan. 1956—1961-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika yoʻnalishida tahsil olgan. Faoliyati Shoira faoliyatini „Oʻzbekiston xotin-qizlari“ (hozirgi „Saodat“) jurnalidan boshlagan (1961—1967). 1967—1969-yillarda Moskvadagi ikki yillik oliy adabiyot kursida tahsil oladi. 1967-yilda Yozuvchilar uyushmasining aʼzoligiga qabul qilingan. 2005-yilda oʻz xohishi bilan uyushma aʼzoligidan chiqib ketgan. 2018-yilda qaytadan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qayta qabul qilingan.

U XX asrning 80—90-yillarida Oʻzbekiston mustaqilligi uchun kurashgan demokratik harakat faoli boʻlgan. Oʻsha vaqtlarda Birlikning faol aʼzosi hisoblangan shoiraga bosim va tazyiqlar boʻlgan. Bu haqida shoir Yusuf Juma shunday deydi:

Oʻzining siyosiy faoliyatini izohlar ekan, Gulchehra Nurullayeva shunday deydi:

Gulchehra Nurullayeva oʻzbek tiliga „Davlat tili“ maqomi berilishi uchun harakat qilgan faollardan biri boʻlgan.

Asarlari „Quyosh tabassumi“ (1965, birinchisi); „Orzularim qoqadi qanot“ (1969); „Tashnaman“ (1972); „Ikkinchi bahor“ (1973); „Lirika“ (1975); „Лети, моя мечта“ (1972, rus tilida); „Bag‘ishlov“ (1977); „Paxta hidi“ (1981); „Nurli nuqtalar“ (1986); „Muhabbatning suvrati“ (1988).

Mukofotlari 40px|SSSR Lenin komsomoli mukofoti (voz kechgan); 40px|SSSR „Hurmat belgisi“ (voz kechgan); 40px I darajali „Mehnat faxriysi“ ko‘krak nishoni.

Manbalar

Havolalar Gulchehra Nurullayevaning surʼati Portreti Gulchehra Nurullayeva hamkasblari bilan Tasavvurni dunyo qadar kengaytiradi [www.amerikaovozi.com/a/a-36…09…/796951.html Xalq dardi bilan yashaydiga shoira]

Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkum:Oʻzbekistonlik shoiralar