{ "type": "FeatureCollection", "features": [

"type": "Feature", "properties": { "marker-color": "#000000", "marker-size": "medium", "marker-symbol": "hotel" }, "geometry": { "type": "Point", "coordinates": [ 65.38304170988052, 40.21062623163776 ]

] }

Qalqonota () — Oʻzbekiston Respublikasi Navoiy viloyati Navbahor tumaniga qarashli shaharcha. Dastlab qishloq boʻlgan Qalqonotaga 2009-yildan boshlab shaharcha maqomi berilgan. Qalqonota shaharchasi gʻarbda Beshrabot, sharqda Uchtut, janubda Karmana, shimolda esa Nurota bilan chegaradoshdir. Qalqonota hududida miloddan avvalgi V asr — milodiy IV asrlarga oid arxeologik yodgorliklar majmui (Qoʻzimontepa) topib oʻrganilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. Zarafshon daryosining har ikki sohili bo‘ylab chiqarilgan 35 ta magistral kanallardan biri shaharcha hududidan oqib oʻtuvchi qadimiy Qalqonota (Harqonrud) kanali hisoblanadi.

Etimologiyasi Qalqonota nomining kelib chiqishi bilan bogʻliq turli farazlar mavjud va ular asosan xalq orasida aytib kelingan rivoyatlarga asoslanadi. Rivoyatlarning birida aytilishicha, shaharcha oʻz tarixi davomida turli bosqinchilik yurushlariga qarshi oʻziga xos qalqon rolini oʻtab kelgan. Yana bir rivoyatga koʻra Aleksandr Makedonskiy Soʻgʻdiylar ustiga yurush qilgan vaqtda, bu yerda yashovchi aholi asosan qalqon bilan (yoki kabi) himoyalanganiga guvoh boʻlgan. Atamashunos hamda tadqiqotchi olim S.Qorayev o‘zining „Geografik nomlar maʼnosi“ (1978-yilgi) kitobida shunday yozadi:

Biroq, bu rivoyatlar tarixiy haqiqatlarga toʻgʻri kelmaydi. Qalqon soʻzining etimalogiyasi bilan bogʻliq manbalarga qaralganda bu soʻz Movarounnahr mintaqasiga Qoraxoniylar orqali XI asrdan boshlab kirib kelganini koʻrish mumkin. Boshqa asosli taxminlarga koʻra esa Qalqonota nomi X asrda bu hududlarda yashab ijod qilgan mashhur shayx Haraqoniy nomi bilan bogʻliq. Shayx vafot etganidan soʻng Qalqonota hududida joylashgan Harqonrud arigʻining shimoliy tomonidagi qirda dafn etilgan. Lekin bu maʼlumot ham ancha bahsli. Baʼzi olimlar Haraqoniyning ixlosmandlari tomonidan u yotgan qabr tuprogʻidan olib kelingani va shundan soʻng Harqonrud arigʻi yoqasida ramziy maqbara insho etilganini taʼkidlashadi. Haraqoniyni bugungi Qalqonota hududiga dafn etilgani haqida hikoya qiluvchi tarixiy manbalar juda kam. Juda koʻp manbalarda Haraqoniy qabri hozirgi Turkiyaga qarashli Kars viloyatida joylashgani aytiladi.

Harqon atamasi shayx Abul Hasan Haraqoniyga qadar ham manbalarda koʻp bor qayd etib kelingan. Xususan, oʻrta asrlar tarixchisi Narshaxiy oʻzining „Buxoro tarixi“ asarida Buxoro vohasini sugʻorib turuvchi anhorlar, shuningdek, obod qishloq, rabot hamda koʻshklar borasida maʼlumotlar berar ekan, voha VIII—XII asrlarda Karmana, Shopurkom, Harqonat ul-Ulyo, Harqonrud, Ov-xitfar, Somjon, Baykonrud, Farovizi Ulyo, Komi Daymun, Arvon kabi sugʻorish tarmoqlari orqali suv bilan taʼminlanib turganligini qayd etib oʻtgan. Narshaxiy oʻz asarida shunday yozadi:

Narshaxiy, shuningdek, Buxoro hali shahar sifatida shakllanmagan vaqtlarda paydo boʻlgan Nur, Vardona, Tarovcha, Safna, Isvona kabi qishloqlar qatorida Harqonrudni ham sanab oʻtgan. „Buxoro tarixi“ asarining XII bobi „Buxoro va uning atrofidagi yerlardagi anhorlar“i deb nomlangan boʻlib, vohada 12 ta kanal mavjudligi aytilgan. Tarixchi tilga olgan Harqonrud nomidagi Harqon soʻzi soʻgʻdiy va forsiy tilda „katta“, rud esa „ariq“ degan maʼnolarni bildiradi. Shuning uchun ham qishloq nomlanishi Zarafshon daryosida qurilgan ushbu suv inshooti nomidan kelib chiqqan degan taxmin mavjud.

Tarixi Hozirda Navbahor tumaniga qarashli boʻlgan shaharcha, 2009-yilga qadar qishloq statusiga ega boʻlgan. Qalqonotaning qariyb 2,5 ming yillik tarixga egaligi manbalarda qayd etilgan. Arxeologik topilmalar miloddan avvalgi VII—V asrlarda Shaharchaning yirik savdo markazlaridan biri boʻlganidan va hunarmandchilik sohasi ancha taraqqiy etganidan dalolat beradi. Qizimon (xalq tilida Xoʻzmon, rasmiy Qoʻzmon) tepaligida olib borilgan tadqiqotlar natijasida qadimgi Qalqonota oʻrnida mustahkam qoʻrgʻon va shahriston boʻlgani aniqlangan. Mill. avv. VI asrga oid Qalqonota va Shodibek qoʻrgʻonlari 1975—1977-yillarda olib borilgan tadqiqopdlar natijasida topib oʻrganilgan. Qalqonotadan 400 metr janubda joylashgan Qo‘zimontepada balandiligi 16 metr, hajmi 50x20 metrlik qo‘rg‘on o‘rni bugunga qadar saqlanib qolgan. Qo‘rg‘onning shimolida balandligi 7 metr, umumiy hajmi 100x10 metrlik Shahriston joylashgan. Qo‘rg‘on va Shahriston mustahkam devor bilan o‘rab olingan boʻlgan. Tepalik shaklidagi xarobalarning umumiy maydoni 6 gektarni tashkil etadi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Qalqonota shimolidagi adirlar bo‘ylab qadimda 300 ga yaqin katta-kichik qo‘rg‘onlar bo‘lgani aniqlangan. Bu yerda marhumlarning dafn etilish shakliga qarab turli davrlarga oid 4 ta katta guruhga bo‘lingan. Mozor va qo‘rg‘onlarni tekshirish natijasida o‘sha davrlarda yashab o‘tgan odamlarning hayoti va mashg‘ulotlari haqidagi qimmatli maʼlumotlar qo‘lga kiritilgan.  

Qadimda Qalqonota hududidan oqib oʻtgan Harqonrud arigʻi juda koʻplab qalʼalarni suv bilan taʼminlab kelgan. Qalqonota aholisi Qoʻzimon tepaligiga tomon olib boruvchi yoʻl yoqasida olib borilgan xoʻjalik ishlari vaqtida u davrga oid koʻplab sopol quvurlarni topib olganlarBu maʼlumot uchun manba topilmadi. Maqola yozarining qishloq aholisidan eshitgan holda kirgizgan maʼlumoti sifatida qabul qilinsin.. Harqonrud manbalarda Buxorodan 120 km uzoqlikda joylashgan qishloq sifatida ham qayd etilgan. Istaxriy bergan maʼlumotlarga qaraganda Harqonrud chegarasi Zush (Joʻsh) qishlogʻiga qadar borgan. Samʼoniy va Yoqut Hamaviy oʻz asarlarida Harqonrudni Nur (Nurota) yaʼqinlarida, yaʼni Buxoroga 20 farsax uzoqlikda joylashganini qayd etishgan. Buxoro amirligi hukmronligi davrida Toʻqsabo (yoki Tuqsoba) mansabidagi shaxs vakolati doirasiga Harqonrud boshqaruvi hamda u yerdagi suv taqsimotini nazorat qilib turish vazifasi kiritilgan. 1786-yili Karmanada Buxoro amiri Shohmurodga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonda Qalqonota bilan birga Nurota va Xazora aholisi ham qatnashganligi borasidagi maʼlumotlar manbalarda qayd etilgan. Bu qoʻzgʻolon qiyinchilik bilan bostirilgan.

Bugungi kunda Abul Hasan Haraqoniy (ramziy) maqbarasi yaqinida Oʻzbekiston SSR hukumati qarori bilan qadimiy Harqonrud arigʻining oʻrni boʻylab qazilgan Qalqonota (Pravoberejniy — oʻng sohil) kanali oqib oʻtadi. 1900-yilga kelib Ziyoratgoh atrofida Buxoro amiri Abdulahad tomonidan masjid bunyod ettirilgan. Nurota tumanidagi Koʻk Gumbaz, Dehbaland qishlogʻidagi „Dehbaland“ hamda Qalqon ota qishlogʻidagi ushbu masjid bir usta tomonidan qurilganligi aytiladi. Masjid nurab qolgani bois 1960-yilda hashar yoʻli bilan qayta tiklangan. Bir soʻz bilan aytganda masjid va ziyoratgoh sovet davriga kelib qarovsiz holda qolib ketgan va butunlay xarobazorga aylangan. Masjid hamda ziyoratgoh 2004—2007-yillarda Qalqonotada yashovchi faol fuqarolar tashabbusi ortidan hashar yoʻli bilan qayta tiklangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi „O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi 6165-sonli farmoniga muvofiq Qalqonota majmuasi restavratsiya qilinishi kerak bo‘lgan tarixiy obyektlar ro‘yxatiga kiritilgan. Qalqon ota majmuasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Moddiy madaniy meros obyektlarining milliy roʻyxatiga ham kiritilgan.

Infratuzilmasi Qalqonata shaharchasidan 4N361 sonli avtomabil yoʻli oʻtgan boʻlib, bu yoʻnalish Qalqonota — Sarmishsoy orasidagi 22 kmlik (baʼzi internet manbalarda 24 km ham deyilgan) masofani oʻz ichiga oladi. Ushbu yoʻnalish boʻylab oʻtgan yoʻl yoqasida 2019-yili qurib bitkazilgan va bir vaqtning oʻzida 600 kishini oʻzida jamlay oladigan yangi Abul Hasan Haraqoniy masjidi joylashgan. 2018-yil 2-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining „2018 — 2022-yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan taʼminlash, loyiha faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 3502-sonli qaroridan soʻng 87 ta shahar posyolkasi qatorida Qalqonotada ham turli rejalashtirilgan qurilishlar amalga oshirilishi belgilangan. Qalqonota 2019-yilgi „Obod qishloq“ dasturiga ham kiritilgan. Dastur doirasida 9-sonli maktab uchun qoʻshimcha 280 oʻrinli bino hamda yangi 10-sonli oilaviy poliklinika qurilib foydalanishga topshirilgan. Bundan tashqari hudud aholisi 12 km.lik toza ichimlik tarmoqlari bilan taʼminlangan //OʻzMTRK Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi. 2020-yil. Aholi murojaatlari natijasida Qalqonota hududida joylashgan 39 km.lik ichki yoʻllarni taʼmirlash ishlari olib borilgan.

Iqlimi

Mahallalari +Mahalla nomiManziliBino tasviri„Qalqon-ota“ mahalla fuqarolar yig‘ini.Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Qalqonota shaharchasithumb„Mirzo Ulugʻbek“ mahalla fuqarolar yigʻini.Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Qalqonota shaharchasithumb„Toshrabot“ mahalla fuqarolar yigʻini.Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Qalqonota shaharchasithumb„Halovattepa“ mahalla fuqarolar yig‘ini.Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Qalqonota shaharchasithumb

Galereya

Izohlar

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston:Shaharchalar Turkum:Navbahor tumani