„Antifer togʻaning ajoyib va gʻaroyib sarguzashtlari“ () — fransuz yozuvchisi Jules Verne qalamiga mansub sarguzasht roman. Ilk bor 1894-yil nashr qilingan. Asarda qahramonlarning nomaʼlum dengizdagi noʻmalum orolga koʻmilgan xazinani izlab boshdan kechirgan sarguzashtlari hikoya qilinadi. Asarni oʻzbek tiliga Erkin Mirobidov tarjima qilgan.

Syujeti Romanda turk boyvachcha Kamylk-Pacha () umr boʻyi toʻplagan boyliklarini nomaʼlum orolda yashiradi. Oradan oʻttiz yil oʻtib yashirilgan boyliklar haqida Pierre-Servan-Malo Antifer () xabar topadi va ularni izlashga otlanadi. Asarda Antifer togʻaning ushbu xazinani izlab boshdan kechirgan sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi.

Qahramonlari Pierre-Servan-Malo Antifer () – sohil boʻylab suzuvchi kemaning sobiq kapitani Gildas Trégomain () – Antiferning doʻsti Juhel () – Antiferning jiyani Nanon () – Antiferning opasi Énogate () – Nanonning qizi, Juhelning sevgilisi Kamylk-Pacha () – vasiyatchi boyvachcha Ben-Omar () – notarius Zambuco () – bankchi Mourad () – Kamylk-Pachaning dushmani Saouk () – Mouradning oʻgʻli

Oʻzbekcha tarjimasi Asarni oʻzbek tiliga Saʼdulla Karomatov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1969-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Roman oxirida rus adabiyotshunosi Yevgeniy Brandisning Jules Verne hamda uning „Antifer togʻaning ajoyib va gʻaroyib sarguzashtlari“ romani haqidagi maqolasi keltirilgan.

Havolalar

„Antifer togʻaning ajoyib va gʻaroyib sarguzashtlari“ Ziyouz saytida