„The Scout“ () — amerikalik iqtisodchi va professor Steven Plaut qalamiga mansub roman. 2002-yil Quddus shahrida „Gefen“ nashriyotida chop etilgan. Asar real voqealarga asoslangan boʻlib, unda muallifning saraton kasaliga chalinib shifoxonada ogʻir kasallikka chalingan Salim Saadi () ismli badaviy bilan boshidan kechirganlari haqida hikoya qilinadi.
„The Scout“ kitobida hodisalar qisqa-qisqa hikoyalar shaklida hikoya qilinadi. Vashington universiteti ingliz tili professori Alexander Edward romanga yozgan taqrizida kitobning eng ishonarli argumenti barcha oʻlim oldida teng ekanligidir deya taʼkidlagan.
Syujeti Steven Plaut () va badaviy izquvar Salim Saadi () ogʻir kasallikka chalinadi va bir boʻlmada davolanadi. Har ikki qahramon oʻz hayotida sodir boʻlgan hodisalarni hikoya qilib beradi. Xususan, Saadi badaviylarning boy tarixi va urf-odatlari haqida soʻzlab beradi.
Asarda Islom va Yahudiylik dinlari hamda Isroilda yashovchi yahudiylar bilan badaviylar oʻrtasidagi munosabat koʻrib chiqiladi. Bundan tashqari, unda xalq ijodi misollari ham keltirilgan.
Qahramonlari Steven Plaut () – bosh qahramon, amerikalik-isroillik iqtisod professori Salim Saadi () – badaviy razvedkachi
Manbalar
Havolalar „The Scout“ „Gefen“ nashriyoti rasmiy saytida
Turkum:Romanlar