„Tafakkur gulshani“, toʻliq nomi „Tafakkur gulshani: Vatandosh hamda xorijiy allomalarning aforizmlari va hikmatli soʻzlari“ () – taniqli yozuvchi va olimlarning hikmatli soʻzlari toʻplami. Toʻplamni rus siyosatchisi hamda adabiyotshunosi Vladimir Voronsov tuzgan. Ilk bor 1976-yil Moskva shahrida „Molodaya gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Bir necha marta qayta nashr qilingan.

Asar bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Toʻplamdan ruscha va oʻzbekcha koʻplab manbada, jumladan, kitob va ilmiy maqolalarda iqtibos keltirilgan. Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin toʻplamga kiritilgan 6 415 hikmatli soʻzning bor-yoʻgʻi 163 tasi, yoki 2,5 foizi sharq donishmandlariga tegishli ekanligi tanqidga uchragan.

Oʻzbekcha tarjimasi Toʻplamni oʻzbek tiliga Sharifa Abdurazzoqova tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr ilk bor 1981-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha tarjimaga oʻzbek xalq yozuvchisi va akademik Komil Yashin muharrirlik qilgan. 1989-yil qayta nashr qilingan.

„Tafakkur gulshani“ oʻzbek tilidagi eng keng tanilgan va eng keng qoʻllanadigan iqtiboslar toʻplamidir. Huquq faoli Moʻtabar Tojiboyeva Oʻzbekistonda hibsga olinganida hujjatlari bilan bir qatorda „Tafakkur gulshani“ asari nusxasini oʻzi bilgan olganini taʼkidlagan.

Manbalar

Havolalar „Tafakkur gulshani“ Ziyouz saytida

Turkum:Aforizm kitoblar