„Illustrated American Idioms“, toʻliq nomi „Illustrated American Idioms: Advanced Level Functional Activities for Development of Vocabulary“ () – Dean Curry qalamiga mansub ingliz tili iboralari toʻplami. Ilk bor 1982-yil Vashington shahrida AQSH Maʼlumot agentligi () tomonidan chop etilgan. Bir necha marta qayta nashr qilingan qoʻllanma ingliz tilini oʻrganayotgan shaxslar uchun moʻljallangan. „Illustrated American Idioms“ ingliz tilini oʻqitish kurslarida keng ishlatiladigan qoʻllanma boʻlib, bir necha ingliz tilini oʻqitish boʻyicha tadqiqotda undagi materiallardan foydalanilgan.
Asarda ingliz tili iboralari, xususan, Amerika ingliz tilisida keng tarqalgan iboralar koʻrib chiqilgan. „Illustrated American Idioms“ ingliz tilini yetuk darajada oʻzlashtirgan shaxslar uchun moʻljallangan. Oʻquvchi iboralarni eslab qolishi oson boʻlishi uchun har bir ibora rasm bilan bezatilgan. 2010-yilda asar asosida yanada mukammalroq spravochnik – „In the Loop“ idiomalar toʻplami tuzilgan.
Yana qarang In the Loop
Manbalar
Turkum:Ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitoblar