Zarina Nizomiddinova Shahboz qizi (1989-yil 29-martda tugʻilgan) oʻzbek aktrisasi va qoʻshiqchisidir. U ilk karyerasini 2005-yilda suratga olingan Ayol makri filmidagi roli bilan boshlagan. Undan soʻng shu yili Yoʻl boʻlsin filmida Muhabbat rolini oʻynaydi.
Hayoti Zarina Nizomiddinova 1989-yil 29-mart kuni Toshkent shahrida, sanʼatkorlar oilasida tugʻilgan. Uning otasi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan aktyor (artist) Shahboz Nizamuddinov. Zarina ushbu oilaning kenja farzandidir. Zarina yoshligidan sanʼatga qiziqib, maktab bilan bir vaqtning oʻzida, yaʼni 1997-yildan boshlab Uspenskiy nomidagi bolalar musiqa maktabining fortepiyano boʻlimida tahsil oladi.5yoshida bolalar xorida qoʻshiq kuylardi. Xattoki u bu ansamblda 7 yoshligida birinchilikni ham qoʻlga kiritgan. 7-sinfdan boshlab Zarina Xoreografiya bilim yurtining milliy raqs boʻlimida tahsil oladi. Maktabdan soʻng Sharqshunoslik institutining „Jahon siyosati va tarixi“ fakultetida tahsil oladi. Yosh aktrisa ilk ijodini 16 yoshida, Davlat buyurtmasiga asosan ishlangan, rejissyor Tamara Kamalovaning „Yoʻl boʻlsin“ filmida bosh rol bilan boshlaydi. „Yoʻl boʻlsin“ filmi koʻplab mukofotlarga sazovor boʻldi.
Oilasi
Mohinur (opasi) va Shohruh (akasi) Nizomiddinov Abror Sharipov (sobiq turmush oʻrtogʻi) Temurxon Sodiqov Abrorovich (oʻgʻli) Abror Sharipov Temurxonning otasi
Filmografiyasi Filmlar
+ Film Yil Film Rol Izoh Rejissor 2005 Ayol makri 2005 Yoʻl boʻlsin Muhabbat Tamara Kamalova 2006 Romeo va Julʼetta yoxud laʼnatlangan sevgi (film, 2006)|Romeo va Julʼetta yoxud laʼnatlangan sevgi Jamila / Julʼetta Bahrom Yoqubov 2010 Qorakoʻz Qorakoʻz Jahongir Ahmedov 2011 Zamonaviy sovchilar Nargiza Javlon Shodmonov 2011 Oqibat Dilfuza Aziz Umrzoqov 2011 Senga muxtojman Lola Hasan Gʻofurov 2012 Aldangan koʻngil Gulnoza Javlon Shodmonov 2012 Bardosh Nozima Jonrid Sagdiyev 2012 Iltimos, menga qarang Parizod Laziz Ashuraliyev 2012 Men yulduzman Lola Bahrom Yoqubov 2012 O Maryam, Maryam psixoloq Bahrom Yoqubov 2012 Sevaman dedimmi sevaman Asal Jahongir Foziljonov 2012 Parizod Parizod Ayub Shahobiddinov 2012 Salom sevgi, xayr sevgi! Senzora Akbar Turdiyev (Bekturdiyev) 2012 Aql va yurak Yurak Sherali Islomov 2013 Qudamni koʻrmadingizmi? Zebo Javlon Shodmonov Otabek Mirzaxolov 2013 Payshanbadan payshanbagacha Javlon Shodmonov Otabek Mirzaxolov 2013 Soddagina qiz Gulnoza Jonrid Sagdiyev 2013 Fotima Fotima Bahrom Yoqubov 2013 Yagonam Maftuna Muzaffar Erkinov 2013 Zamonaviy sovchilar 3 Nargiza Javlon Shodmonov 2013 Yurak yigʻlar Afroʻza Akrom Shohnazarov 2014 Ikki telba Zarina Kameo Otabek Mirzaxolov 2014 Soxta tuygʻu Malika Suhrob Hasanov 2014 Xiyonat girdobi Said Muxtorov 2014 Togʻa Rashid Malikov 2015 7 olam Zarina Ozod Shams 2016 Sharofatxonning kelinlari yoxud navroʻz muborak Nigora Ozod Shams 2016 Aygʻoqchi kampir 007 Sohib Abbosxon 2016 Qizlarning jaxli chiqdi (Qizlar jangi) Ilhom Muhammadibrohimov 2016 Boyvachcha kuyov Nodira Bahrom Yoqubov 2016 Seni oʻzim boy qilaman Sanjar Shodiyev 2017 Hech kim bilmasin a Ozod Shams 2017 Saodat (teleserial)
Rol oʻynagan musiqiy kliplari Yil Artist Qoʻshiq nomi Rejissor 1990 Mohinur Nizomiddinova va Shohruh Nizomiddinov Karate-karate 2006 Shahriyor Seni koʻrdim 2006 Shohruhxon Nigorim 2008 Alisher Zokirov Dost boʻlib qol 2010 Alisher Uzoqov Qorakoʻzim 2010 Madina Mumtoz va Diyor Mahkamov Balki 2011 Jasur Umirov Daryolar 2011 Odil Toʻlaganov Seni oʻylay 2011 Shohruhxon Muhabbatnoma Nozim Jumayev Narimon Sultonxoʻjayev 2012 Lola Yoʻldosheva va Shohruhxon Yigʻlar osmon 2013 Anvar Sanayev Chin oshiqlar 2013 Rayhon Qani Nozim Jumayev 2013 Joʻrabek Lolalar Shavkat Karimov 2013 Otabek Mutalxoʻjayev Yigʻlamagin azizim 2015 Otabek Mutalxoʻjayev Qaley-qaley Shuhrat Mavlonov 2015 Behzod Hamroyev (Bahromov) Sevgi koʻchalarida 2015 Elyor Mahkamov Nilufar Dilmurod Agzamov 2015 Shohruhxon Yulduzlar Yodgor Nosirov 2015 Shohruhxon Arazlama 2016 Abduvali Rajabov Nafasim oʻzing 2016 Shohjahon Joʻrayev Goʻzalim Rauf Nabiyev 2017 Yamin Zarina 2017 Shohruhxon Parizod 2017 Mirabror Mirxalilov Ketgan boʻlaman 2017 Shohruhxon Yoningdaman Dilmurod Agzamov 2017 Ziyoda Yana ish
Manbalar
Havolalar
Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:Oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar