Shaytanat — Tohir Malik qalamiga mansub „Shaytanat“ asari asosida 1998-yilda suratga olingan kriminal teleserial. „Shaytanat“ — Oʻzbekistondagi eng mashhur teleserial hisoblanadi. 1999-yilgi namoyishdan soʻng uning televideniyedagi namoyishiga hech qanday asossiz taqiq qoʻyilgan edi. 2018-yilda ushbu taqiq olib tashlanishi aytilganMashhur teleserial ekranlarga qaytmoqda. 2020-yil 23-martdan boshlab Zoʻr TV telekanalida namoyish qilindi. Serial 20 qismdan iborat boʻlib, uning yakunlovchi 21-qismi haligacha suratga olinmaganYodgor Saʼdiev „Shaytanat“ning yakuniy qismi nega namoyish etilmaganiga izoh berdi.
Tafsilotlar Mashhur qoʻshiqchi Elchin oʻz xotinini qasddan oʻldirganlikda ayblanib, koʻp yillarga qamalib ketadi. Gap shundaki, u gʻirt mast holda qimor oʻynab, hamma narsasini yutqazib qoʻyadi. Yutib chiqish umidida xotinini ham qimorga tikib yuboradi. Oxir-oqibat yutqazib qoʻygan Elchin nima boʻlayotganini anglamay, mastlik taʼsirida uxlab qoladi. Oʻziga kelgach xotinini oʻlik holda topadi. Bu qotillik mashhur jinoiy toʻda yetakchisi Asadbekning odamlari tomonidan sodir etilganini tushunib yetadi. Endilikda Elchinnning maqsadi — Asadbekdan qasos olishdan iborat.
Rollarda
Mukofotlari 2000-yil Moskvadagi „Jamiyat va qonuniylik“ kinofestivali sovrindori boʻlgan.
Manbalar
Turkum:1998-yil filmlari Turkum:Oʻzbekiston filmlari