„Posobiye dlya izucheniya Pravil dorojnogo dvijeniya Kirgizskoy Respubliki“ () () — Qirgʻiz Respublikasi yoʻl harakati qoidalari boʻyicha M. Kalugin tuzgan qoʻllanma. UHQ boʻyicha Qirgʻizistonda eng keng tarqalgan qoʻllanma boʻlib, koʻplab taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlariga kiritilgan. Qoʻllanma ilk bor 2006-yil Bishkek shahrida „Biyiktik“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Bir necha marta qayta nashr qilingan.
Asar oʻquvchining mamlakat yoʻl harakati qoidalarini oʻrganishini osonlashtirishni koʻzlaydi. Unda qoidalar bilan birga DAN sinovlaridan oʻtishda qoʻl keluvchi 600 savol va uning javobi hamda haydovchilar uchun foydali maslahatlar ham berilgan.
Manbalar
Turkum:Yoʻl harakati qoidalari boʻyicha kitoblar