Abdulhoshim Mutalovich Mutalov (27-Aprel 1947-yil, Toshkent viloyati) – 1992—1995-yillarda faoliyat yuritgan Oʻzbekiston Bosh vaziri.
Biografiyasi 1976-yilda SSSR Oziq-ovqat sanoati institutini tugatgan. Injener-texnolog.
1965-1979 yillarda Toshkentdagi non mahsulotlari ishlab chiqarish kombinatida oddiy ishchidan kombinat direktori lavozimlarida ishlagan.
1979-1986-yillarda Ohangaron tumanidagi non mahsulotlari kombinati direktori.
1986-1991-yillarda OʻzSSR non mahsulotlari ministri.
1991-1992-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining oʻrinbosari.
1992-1995-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri boʻlgan .
Manbalar
Turkum:Bosh vazirlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar