Siroj Nuriddinovich Nuriddinov (1911, Toshkent, Rossiya imperiyasi — 1966-yil 9-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet va oʻzbek partiya va davlat arbobi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1946—1949 va 1956—1959).

Tarjimai holi 1938-yildan VKP (b) aʼzosi. 1953-yilda Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi — KPSS Markaziy Qoʻmitasi huzuridagi Oliy partiya maktabini tamomlagan. Mehnat faoliyatini zavodda usta sifatida boshlagan.

1937—1941-yillarda Oʻzbekiston komsomoli shahar qoʻmitasining birinchi kotibi, Oʻzbekiston komsomoli tuman qoʻmitasining birinchi kotibi, 1941—1945-yillarda Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi; 1945—1946-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) Toshkent shahar qoʻmitasi ikkinchi kotibi; 1946—1949-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi; 1949-yilda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari respublika kengashi raisi; 1949—1950-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) MK kotibi; 1953—1954-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi MK maktablar boʻlimi mudiri, 1954—1955-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi, 1955—1956-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasi birinchi kotibi, 1956—1959-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi, 1959—1964-yillarda Oʻzbekiston Respublika kasaba uyushmalari kengashi raisi.

SSSR Oliy Kengashining 3—6-chaqiriqlari deputati.

1966-yil 9-iyunda vafot etgan.

Oilasi Ya. S. Nasriddinova (1920—2006) bilan turmush qurgan. Bolalari: Qizlari — Lola (1939-yilda tugʻilgan), Raisa (1942-yilda tugʻilgan), Zulfiya (1950-yilda tugʻilgan), oʻgʻli Baxtiyor (1947-yilda tugʻilgan) .

Manbalar Nekrolog Pravda Vostoka (01.03.1950) Nurutdinov Sirodj Arxivnaya kopiya Case: Nurutdinov Sirodj Arxivnaya kopiya

Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari Turkum:Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:1966-yilda vafot etganlar Turkum:9-iyunda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1911-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkent shahar rahbarlari Turkum:Toshkent viloyati rahbarlari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qoʻmitasining birinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining birinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston komsomoli tuman qoʻmitalari birinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti kotiblari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasining birinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qo‘mitasining ikkinchi kotibi