Botir Asadillayevich Xoʻjayev (, ; 1956-yil 11-iyulda Toshkentda tugʻilgan) – oʻzbek davlat arbobi. 2006—2009 va 2017—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, 2016—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri, 2005—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatchisi, 2002—2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi raisi boʻlgan.

Biografiyasi 1979-yilda Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini tugatgan ....

1979—1979 – „Glavtashkentstroy“ 11-trestining 75-qurilish boshqarmasi masteri;

1979—1981 – Harbiy xizmat;

1981—1992 – „Glavtashkentstroy“ 1-trestining 17-qurilish boshqarmasi masteri, muhandisi, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi kapital qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi;

1992—1994 – Toshkent shahri Chilonzor tumani hokimining birinchi oʻrinbosari;

1994—1996 – Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari;

1996—1997 – Oʻzbekiston Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari;

1997—1998 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy rivojlantirish departamenti boʻlim mudiri;

1998—2000 – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari;

2000—2002 – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi;

2002—2004 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy rivojlantirish departamenti mudiri;

2004—2005 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar departamenti mudiri;

2005—2006 – Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatchisi;

2006—2009 – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri;

2009—2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi;

2011—2016 – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari;

2016—2017 – Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri.

2017—2020 – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziriOʻzbekistonda ikki vazir oʻzgardi.

2020—2020 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisihttps://m.kun.uz/news/2020/02/24/nodir-otajonov-hukumatni-tark-etdi. 6-aprelda nafaqaga ketganhttps://m.kun.uz/news/2020/04/07/botir-xojayev-bosh-vazir-maslahatchisi-lavozimidan-ozod-etildi.

2020-yildan – „RosGeo“ qoʻshma korxonasi direktori.

Oilasi Otasi – Asadilla Xoʻjayev, OʻzSSR davlat arbobi. Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi raisi boʻlgan.

Akasi – Xoʻjayev Bahodir Asadillayevich, 1992-yildan 2015-yilgacha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining prorektori boʻlgan.

Onasi – Xoʻjayeva Kimyoxon Azizxonovna, uy bekasi. 2004-yilda vafot etdi.

Opasi – Xoʻjayeva Qunduz Asadullayevna, Andijon tibbiyot institutini tamomlagan, Toshkent tibbiyot institutida LOR kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor lavozimida ishlagan. 2010-yilda vafot etgan.

Opasi – Xoʻjayeva Dilbar Asadullayevna, 1949-yil Qoʻqon shahrida tugʻilgan. Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan, „Sanoat iqtisodiyoti“ kafedrasida ishlagan, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. 2013-yilda vafot etgan.

Opasi – Xoʻjaeva Mapirat Asadillayevna, 1951-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent lavozimida ishlagan. 2016-yilda vafot etgan.

Mukofotlari 2016-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Toshkent davlat transport universiteti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar