Toshkent trolleybuslari — Toshkentda deyarli 63 yil davomida aholiga xizmat qilgan jamoat transporti tizimi. 1947-yil 5-noyabrda tashkil etilgan va 2010-yil 1-mayda bekor qilingan.
Tarixi Birinchi trolleybus yoʻnalishi 1947-yilda ochilgan, shaharning shimoliy vokzali bilan Chorsu maydonini bogʻlagan. Deposi Taras Shevchenko koʻchasi, 28-uyda joylashgan. Ikkinchi yoʻnalish 1948-yilda ochilgan, Chorsu maydonini va Beshyogʻoch maydonini bogʻlagan. Uchinchi yoʻnalishi Beshyogʻochdan temiryoʻl vokzaligacha, toʻrtinchisi vokzaldan tekstil kombinatigacha, beshinchi yoʻnalish tekstil kombinatidan Chuqursoy dahasigacha boʻlgan. 1950-yillarda Arnasoy koʻchasi, 4-uyda 2-deposi ochilgan. 2010-yil 1-mayda harakatdan olib tashlangan. Galereya
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston trolleybuslari Turkum:1947-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:Toshkent shahridagi jamoat transporti Turkum:Oʻzbekiston trolleybus tizimlari