Trygve Halvdan Lie (; 16.7.1896, Oslo, Norvegiya – 30.12.1968, Buskerud, Norvegiya) – siyosat arbobi, 1946—1952-yillarda – BMTning Bosh kotibiBiografiya na sayte OONTrotskiy v Norvegii.

Biografiyasi Li 1896-yil 16-iyulda Kristianiyada (hozirgi Oslo) tugʻilgan. Uning otasi, duradgor Martin Li 1902-yilda oilani tark etib, Qoʻshma Shtatlarga ketgan. Trygve onasi va oʻsha paytda olti yoshda boʻlgan singlisi bilan yomon sharoitda oʻsgan. Uning onasi Oslodagi pansionat va kafeda ishlagan.

1911-yilda Leyboristlar partiyasiga qoʻshildi. 1919-yilda Oslo universitetida huquqshunoslik diplomini olgan va partiyaning milliy kotibi etib tayinlangan. 1919-yildan 1921-yilgacha Det 20de Aarhundre („XX asr“) jurnalining bosh muharriri boʻlgan. 1922—1935-yillarda Ishchilar milliy kasaba uyushmasi (1957-yildan Norvegiya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi nomini olgan) yuridik maslahatchisi boʻlgan. Nizolarni barvaqt hal etish, sinov ishlarini sudga olib chiqish borasida shuhrat qozondi. 1931—1935-yillarda Norvegiya mehnatkashlari sport konfederatsiyasiga raislik qilgan.

Mahalliy siyosatda 1922-yildan 1931-yilgacha Aker munitsipalitetining ijroiya qoʻmitasi aʼzosi boʻlib ishlagan. 1937-yilda Akershusdan Norvegiya parlamentiga saylangan. 1935-yilda Yoxan Nygaardsvold tomonidan leyboristlar partiyasi hukumati tuzilganida Lie adliya vaziri etib tayinlangan. Keyinchalik Lie savdo vaziri (1939-yil iyuldan oktyabrgacha) va taʼminot vaziri (1939-yil oktyabrdan 1941-yilgacha) lavozimida ishladi.

Yoshligidan sotsialist boʻlgan Lie Leyboristlar partiyasining Moskvaga tashrifi chogʻida Vladimir Lenin bilan uchrashib, Sovet Ittifoqidan surgun qilingandan keyin Leon Trotskiyni Norvegiyaga joylashishga ruxsat bergan. Iosif Stalinning bosimi tufayli u Trotskiyni mamlakatni tark etishga majbur qildi.

1940-yilda fashistlar Germaniyasi Norvegiyaga bostirib kirganida, Lie barcha Norvegiya kemalariga Ittifoq portlariga suzib borishni buyurdi. 1941-yilda Li quvgʻindagi Norvegiya hukumatining tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi va bu lavozimda 1946-yilgacha qoldi.

1945-yilda San-Fransiskoda boʻlib oʻtgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining konferensiyasida Norvegiya delegatsiyasini boshqargan va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi nizomlarini ishlab chiqishda yetakchi boʻlgan. 1946-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida Norvegiya delegatsiyasiga rahbarlik qilgan. Lie avval Bosh Assambleya prezidenti saylovida qatnashdi, ammo belgiyalik Pol-Anri Spaakga yutqazdi. BMT shtab-kvartirasi Shimoliy Amerikada joylashganligi sababli 1946-yil yanvar oyida Sovet Ittifoqi kanadalik nomzod Lester B. Pearsonga qarshi chiqdi. Qoʻshma Shtatlar Sovetlar nomzodiga, Sovetlar esa Vashingtondagi Yugoslaviya elchisi Stanoye Simich nomzodiga qarshi chiqdi. Amerika Qoʻshma Shtatlari oxir-oqibat Lieni nomzod sifatida koʻrsatdilar, bunda ikkala kuch ham kelishib oldi. Xavfsizlik Kengashida bir ovozdan, Bosh Assambleyada esa 46-3 ovoz bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi etib saylandi. Yangi lavozimni egallagan birinchi shaxs sifatida u xalqaro diplomatiyadagi rolini shakllantirishga kirishdi.

Li Koreya urushi davrida BMT Bosh kotibi boʻlgan. 1950-yil 25-iyun kuni Shimoliy Koreya kuchlarining hujumidan soʻng zudlik bilan BMT Nizomining 99-moddasiga asoslanib, oʻsha kuni Xavfsizlik kengashini chaqirdi. Uning taʼkidlashicha, „Koreya BMTning qoʻriqchisi boʻlganligi sababli, bosqinchilik BMTning oʻziga qarshi hujumdir va Xavfsizlik Kengashi tinchlikni tiklash uchun zarur choralarni koʻrishi kerak“. Kengashda bu haqdagi qaror 9-0 ovoz bilan qabul qilindi. Taʼkidlanishicha, bu Sovet Ittifoqining gʻazablantirgan. Urush paytida Li harbiy kuchlarni boshqarish uchun xalqaro qoʻmita boʻlishini xohlardi, ammo bunga AQSh qarshilik koʻrsatdi va murosaga erishildi. BMTning yagona qoʻmondonligi yaratildi. Xitoy Xalq Respublikasini oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarga bir necha bor urinishlariga qaramay, Koreya urushini tezroq tugatishga erisha olmagani uchun baʼzilar tomonidan tanqid qilingan.

Keyinchalik Lie Sovet Ittifoqining BMT yigʻilishlarini boykot qilishiga barham berishga harakat qildiUnited Nations General Assembly Resolution 492, 1 November 1950, garchi uning ishtiroki Sovet Ittifoqining BMTga qaytishi bilan deyarli aloqasi boʻlmagan. Fransisko Franko hukumatiga qarshilik koʻrsatgani uchun Ispaniyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotiga kirishiga qarshi edi. Shuningdek, Millatchi hukumat Tayvanga surgun qilingandan soʻng, Xitoy Xalq Respublikasini Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tan olinishiga intilib, Xalq Respublikasi aʼzolik majburiyatlarini toʻliq bajara oladigan yagona hukumat ekanligini taʼkidladi. Lie 1952-yil 10-noyabrda isteʼfoga chiqdi.

Lie BMTdan isteʼfoga chiqqanidan keyin Norvegiya siyosatida faol boʻlib qoldi. Oslo va Akershus okrugi gubernatori, energetika kengashi raisi, sanoat vaziri, savdo va kemasozlik vaziri boʻlgan. U BMTdagi faoliyati haqida bir qator kitoblar yozgan.

Li 1968-yil 30-dekabrda Norvegiyaning Geilo shahrida yurak xurujidan vafot etdi. U 72 yoshda edi.

Manbalar