Klaus Werner Iohannis (, ; 13-iyun 1959-yil) – kelib chiqishi nemis boʻlgan Ruminiya siyosat va davlat arbobi, 2014-yil 21-dekabrdan 2024-yil 21-dekabrgacha Ruminiya prezidenti.

Biografiyasi 13-iyun 1959-yilda transilvaniya sakslari oilasida tugʻilgan.

1979-yilda Timishoaraga harbiy xizmatga yuborilgan.

1983-yildan maktablarda fizika va matematika oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.

1990-yilda nemislar demokratik forumi aʼzosi etib saylandi.

2000-yilda 69,18% ovoz bilan Sibiu meri lavozimiga saylandi. 2004, 2008, 2012 yillarda qayta saylandi..

20-fevral 2013-yilda Milliy liberal pariyaga qabul qilindi. 28-iyun 2014-yilda partiya raisi etib saylandi .

2014-yilda Demokratik liberal partiya nomidan prezidentlikka nomzod boʻldi . 16-noyabr 2014-yilda 54,53% ovoz bilan president etib saylandi.

2014-yil 21-dekabrda qasamyod qildiInauguratsiya novoizbrannogo prezidenta Klausa Yoxanesa proshla v Ruminii.

2019-yil noyabr oyida Iohannis yangi muddatga qayta saylandi.

2024-yil 21-dekabrda isteʼfoga ketgan.

Klaus Iohannis rumin, nemis va ingliz tillarini yaxshi biladi.

Shaxsiy hayoti 1960-yilda tugʻilgan, Sibiudagi Jorj Lazarus nomidagi milliy kollejda ingliz tili oʻqituvchisi boʻlgan Karmen Iohannis (Lazurka) bilan turmush qurgan. Er-xotinning farzandlari yoʻq.

Diniga koʻra, Klaus Iohannis protestant, Ruminiyaning Augsburg konfessiyasi Yevangelist cherkovining aʼzosi.

Mukofotlari 2006-yil: Germaniya Federativ Respublikasining xizmatlari uchun ordeni ritsar xochi

2007-yil: Ruminiya yulduzi ordeni ritsarlari

2008-yil: Italiya birdamligi yulduzi ordeni qoʻmondoni

2009-yil: Lyuksemburg Buyuk Gertsogligining xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan

2009-yil: „Avstriya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun“ faxriy nishonining qoʻmondon xochi

2009-yil: Toj ordeni ofitseri (Belgiya)

2010-yil: Ruminiya yahudiy jamoalari federatsiyasining Faxriy medali

2011-yil: Milliy xizmatlari uchun ordeni ritsarlari (Ruminiya)

2014-yil: Germaniya Federativ Respublikasining xizmatlari uchun ordeni ofitser xochi

2016-yil: Oltin zanjirli Buyuk Vitautas ordeni (Litva)

2016-yil: Oq burgut ordeni (Polsha)Spotkanie Prezydentów Polski i Rumunii}

2016-yil: lentali Stara Planina ordeni (Bolgariya)Ukaz № 171 Obn. DV. br. 46 ot 17 yuni 2016 g.

2016-yil: „Respublika“ ordeni (Moldova)Timofti nagradil Yoxannisa Ordenom Respubliki

2021-yil: Maryam Yerining Xoch ordeni zanjiri (Estoniya)

2022-yil: „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (Litva)Apdovanotų asmenų duomenų bazė

Asarlari

Manbalar

Havolalar Shaxsiy sayti Rasmiy sayti Klaus Iohannis – stiri

Turkum:Yashayotgan insonlar