„Avengers: Endgame“ (oʻzbekcha manbalarda „Qasoskorlar: Intiho“ oʻlaroq maʼlum) — 2019-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi; „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranshizasidagi yigirma ikkinchi film; „Avengers: Infinity War“ (2018) filmining mantiqiy davomi. Marvel Comics komikslaridagi ayni nomli superqahramonlar jamoasiga asoslangan. Marvel Studios tomonidan ishlangan, Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Anthony va Joe Russolar rejissyorlik qilgan. Ssenariyni Christopher Markus va Stephen McFeely yozgan. Bosh rollarni Robert Downey Jr., Chris Evans, Mark Ruffalo, Chris Hemsworth, Scarlett Johansson, Jeremy Renner, Don Cheadle, Paul Rudd, Brie Larson, Karen Gillan, Danai Gurira, Benedict Wong, Jon Favreau, Bradley Cooper, Gwyneth Paltrow va Josh Brolin ijro etgan.

Film premyerasi 2019-yilning 22-aprelida Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtgan. 2019-yilning 26-aprelidan AQSh, 29-aprelidan esa Oʻzbekiston kinoteatrlarida namoyish etila boshlagan. Umumjahon boʻylab kinoprokatlarda $2,799 milliard mablagʻ toʻplab, tarixdagi eng kassabop filmga aylangan (2019-yilning iyulidan 2021-yilning martigacha). Filmning sikvellari — „Avengers: Doomsday“ va „Avengers: Secret Wars“ mos ravishda 2026- va 2027-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan.

Rollarda Robert Downey Jr. — Tony Stark / Temir odam Chris Evans — Steve Rogers / Kapitan Amerika Mark Ruffalo — Bruce Banner / Hulk Chris Hemsworth — Thor Scarlett Johansson — Natasha Romanoff / Qora beva Jeremy Renner — Clint Barton / Hawkeye Don Cheadle — James Rhodes / War Machine Paul Rudd — Scott Lang / Chumoli-odam Brie Larson — Carol Danvers / Kapitan Marvel Karen Gillan — Nebula Danai Gurira — Okoye Benedict Wong — Wong Jon Favreau — Happy Hogan Bradley Cooper — Rocket Gwyneth Paltrow — Pepper Potts Josh Brolin — Thanos

Oʻzbekcha dublyaj Tarjimon: Davron Abdullayev Rejissyor va ovoz rejissyori: Jamshid Tangliberdiyev Rejissyor yordamchisi: Raʼno Suyunova Montaj ustasi: Hamidulla Latipov Texnik xodim: Muhammadli Rashidov Bekzod Muhammadkarimov — Hoshim Arslonov — Muhammadjon Xoʻjayev — Elbek Mirzohidov — Zulximor Moʻminova —

Musiqasi

Manbalar

Havolalar

Turkum:2019-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Superqahramonlar haqidagi AQSh filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:Marvel kinematografiya koinoti filmlari Turkum:2019-yil 3D-filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:IMAX filmlari Turkum:4DX-filmlar Turkum:Anthony va Joe Russo filmlari Turkum:Oʻzga sayyoraliklar haqidagi filmlar Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar