Miloš Zeman (1937-yil 28-sentyabr) – 2013-yil 8-martdan 2023-yil 8-martgacha Chexiya Respublikasi Prezidenti.
U umumiy saylovlar orqali saylangan Chexiya Respublikasining birinchi prezidenti edi. 1993-yildan 2001-yilgacha Chexiya sotsial-demokratik partiyasini boshqargan. Uning rahbarligida kuchsiz va tartibsiz partiya mamlakatdagi eng nufuzli siyosiy kuchlardan biriga aylandi.
2003-yilgi prezidentlik saylovlarida muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, 7 yil davomida mamlakat siyosiy hayotidagi ishtirokini toʻxtatdi. 2010-yil mart oyida partiyaning raisi boʻldi. 2010-yilgi parlament saylovlaridan soʻng, partiyasi parlamentga kirish uchun 5 foizlik toʻsiqdan oʻta olmaganidan keyin isteʼfoga chiqdi. 2013-yil yanvar oyida u prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozondi. Besh yil oʻtgach, u ikkinchi muddatga qayta saylandi.
1944-yil 28-sentyabrda pochta xodimi va oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. Ota-onalar oʻgʻli tugʻilgandan koʻp oʻtmay ajrashishdi. Milos faqat onasi bilan katta boʻlgan .
U Kolin shahrida oʻqigan: dastlabki 9 yil boshlangʻich sinfda va 1959-yildan 1963-yilgacha oʻrta iqtisodiy maktablarda. Masaryk haqidagi insho tufayli Zemanga universitetda oʻqishni davom ettirish taqiqlangan. 1963-yildan 1967-yilgacha qurilishda ishlagan. 1965-yildan boshlab universitetda oʻqishga ruxsat oldi va Praga Oliy Iqtisodiyot maktabida iqtisodiy rejalashtirishni oʻrganishni boshladi. 1967 yildan kunduzgi taʼlimga oʻtdi. 1969-yilda „Futurologiya va kelajak“ nomli ishi bilan diplom himoya qildi. 1969-1970-yillarda Oliy Iqtisodiyot maktabida oʻqituvchi boʻlgan.
1968 yilda Chexoslovakiya Kommunistik partiyasiga qoʻshildi. 1970-yilda Varshava Shartnomasi qoʻshinlarining kiritilishi va „normallashtirish“ siyosatiga rozi boʻlmagani uchun undan chiqarib yuborildi.
1971-yildan 1984-yilgacha Noctua, Technosport va Sportpropag kompaniyalarida xodim boʻlgan. 1985-1989-yillarda ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullangan. 1990-1992-yillarda – Chexoslovakiya Fanlar akademiyasining Prognozlashtirish instituti xodimi. 1990-1992-yillarda – parlament deputati.
1993-yil 28-fevraldan 2001-yil 7-aprelgacha – Chexiya sotsial-demokratik partiyasi raisi. 1996-1998-yillarda – Chexiya parlamenti Deputatlar palatasi raisi. 1998-yil 17-iyuldan 2002-yil 15-iyulgacha – Chexiya hukumati raisi.
Senat va mintaqaviy saylovlar muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan soʻng oʻz xohishi bilan barcha rahbarlik lavozimlarini tark etdi. 2003-yilda Chexiya Respublikasi prezidentligiga nomzodini qoʻydi, ammo oʻz partiyasidagi kelishmovchiliklar tufayli Vatslav Klausga saylovda yutqazdi. Keyinchalik, 2007-yilda partiyaning yangi rahbariyati bilan ziddiyat tufayli sotsial-demokratik partiya safini tark etdi.
Ikki marta uylandi. Ikkinchi xotinidan Katerzina ismli qizi va birinchi xotinidan David ismli oʻgʻli bor. Zeman ateist. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi.
2013-yil yanvar oyida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida, Chexiya Respublikasi tarixidagi birinchi toʻgʻridan-toʻgʻri prezidentlik saylovlarining birinchi turda 24,21 foiz ovoz olib, birinchi oʻrinni egalladi. U Karel Shvarsenberg bilan birga ikkinchi bosqichga chiqdi va 54,8% ovoz bilan gʻalaba qozondi.
2013-yil 8-martda Pragada Chexiya Prezidenti lavozimini egalladi.
2018-yilda boʻlib oʻtadigan Chexiya prezidentligiga nomzod qilib koʻrsatdi. Birinchi turda 38,56 foiz ovoz toʻplab, birinchi oʻrinni egalladi. 2018-yil 26-27-yanvar kunlari boʻlib oʻtgan ikkinchi turda Milosh Zeman Chexiya Respublikasi Prezidenti etib qayta saylandi. Saylovchilarning 51,36% ovozini oldi. 2018-yilning 8-martida prezident lavozimiga kirishgan.
Zeman Rossiya fuqarolari uchun kirish vizalarini bekor qilish tarafdori, shuningdek, Ukrainaning NATOga kirishiga qarshi.
Kuzatuvchilar, shuningdek, Zeman 2015-yilda Moskvada boʻlib oʻtadigan Gʻalaba paradiga taklifni qabul qilgan kam sonli Yevropa yetakchilaridan biri boʻlgan. Zemanning aniqlik kiritishicha, „tashrifidan maqsad millionlab halok boʻlgan sovet xalqining xotirasiga hurmat bajo keltiriishdir“.
U Rossiya Federatsiyasining Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishi tarafdori edi.
2022-yil 24-fevralda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi fonida Zeman „Ukrainani, uning rahbariyatini va xalqini toʻliq qoʻllab-quvvatlashini“ bildirdihttps://ruski.radio.cz/prezident-chehii-o-deystviyah-rossii-sumasshedshego-neobhodimo-izolirovat-8742979 Prezident Chexii o deystviyax Rossii: „Sumasshedshego neobxodimo izolirovat“. Keyinchalik Ukraina hududlarining anneksiya qilinishini oʻgʻirlik deb qoraladi va Putin bilan doʻstlikni siyosiy faoliyatidagi asosiy xato deb atadi.
Zeman alkogol va tamaki mahsulotlariga qaramligi bilan mashhur boʻlib, bu uning sogʻligʻida juda jiddiy muammolarni, xususan, yurish qiyinligini keltirib chiqardi. 2015-yilda unga qandli diabet tashxisi qoʻyilganidan soʻng, prezident oʻz odatlariga kichik oʻzgarishlar kiritishga rozi boʻldi. Prezident Zemanning omma oldida mast holda koʻrinish bergan holatlar bor. Uning saylovoldi kampaniyasi „Becherovka“ (mashhur chex spirtli ichimlik) savdo belgisi ekanligini hazil tariqasida qabul qilishadi.
2021-yil yanvar oyi oʻrtalarida tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun muntazam kasalxonaga yotqizilgan va COVID-19ga qarshi emlangan. 2021-yil aprel oyida Zeman neyropatiyaning kuchayishi tufayli nogironlar aravachasidan foydalanishini maʼlum qildi. 2021-yil 14-sentabrdan 22-sentabrgacha Markaziy harbiy gospitalga yotqizilgan. Prezident devonining press-reliziga koʻra, u suvsizlangan va toʻyib ovqatlanmagan. 10-oktyabr kuni Zeman Markaziy harbiy gospitalning reanimatsiya boʻlimiga olib ketildi. Uning davolovchi shifokori Miroslav Zavoral tashxisni ommaga oshkor qilmadi. 18-oktyabr kuni kechqurun Chexiya Senati prezident hozir sogʻligʻi tufayli oʻz vazifalarini bajara olmagani haqidagi fikrini keltirdi. 25-noyabr kuni tushdan keyin Milosh Zeman Markaziy harbiy gospitaldan chiqarildi, biroq oʻsha kuni kechqurun u COVID-19 testi ijobiy boʻlgani uchun qayta kasalxonaga yotqizildi. 27-noyabr kuni kasalxonadan chiqarildi va oʻz qarorgohiga ikki hafta karantinda boʻldi.
Mukofotlari
Masaryk demokratik harakatining faxriy medali (1997)Beseda s místopředsedou Vratislavem Preclíkem s odvysíláním záběrů z udělování Čestných medailí T. G. Masaryka státním představitelům (k výročí 14. 9. 1937), ČT 2 a ČT 1, 15. 9. 1997. Germaniya Federativ Respublikasining „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni maxsus toifali Buyuk xoch ritsari (Germaniya, 2014). „8-sentyabr“ ordeni (Makedoniya, 2016). Oq qoʻshaloq xoch ordeni, 1-darajali (Slovakiya, 2014). Oq burgut ordeni (Polsha, 2016). Serbiya Respublikasining lentadagi ordeni (Serbiya, 2020). Prezident medali (Isroil, 2022). „Avstriya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun“ yulduzli yirik oltin nishon (Avstriya, 2023). „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (Vengriya, 2023).
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar