Kolinda Grabar-Kitarovich (; 29-aprel 1968-yil, Riyeka) – Xorvatiya davlat va siyosat arbobi, 2015-yil 19-fevraldan 2020-yil 18-fevralgacha Xorvatiya Prezidenti.
Xorvatiya Yevropa integratsiyasi vaziri (2003–2005), Xorvatiya tashqi ishlar va Yevropa integratsiyasi vaziri (2005–2008), Xorvatiyaning AQShdagi elchisi (2008–2011), NATO Bosh kotibining jamoatchilik diplomatiyasi boʻyicha yordamchisi (2011-2014) lavozimlarida ishlagan.
Kolinda Grabar Riyekada tugʻilgan. Shaharning shimolidagi kichik bir qishloqda tarbiyalangan. Uning oilasi doʻkon va fermer xoʻjaligiga ega edi . Shtokavitsa shevasini qiynalib boʻlsa-da, oʻrganishga muvaffaq boʻldi. 17 yoshida AQShda oʻqish uchun grant yutib oldi, ingliz tilini oʻrgandi va muammolarga duch kelgan boʻlsa-da, Xorvatiyada maktabni tugatdi. Kolinda Grabar Zagreb universitetining siyosiy fanlar fakultetida xalqaro munosabatlar boʻyicha magistrlik darajasini oldi. Jorj Vashington universitetida Fulbrayt stipendiyasi, Jorj Vashington hukumat maktabining Luksic stipendiyasi sohibi boʻlgan. Kennedi va Garvard universitetlari, Vashingtondagi Jons Xopkins universiteti qoshidagi Pol G. Nitze ilgʻor xalqaro tadqiqotlar maktabida (SAIS) taklif etilgan tadqiqotchi. Oʻz faoliyatini 1992-yilda Xorvatiya Fan va texnologiya vazirligining Xalqaro hamkorlik boʻlimi maslahatchisi, keyinroq Xorvatiya Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi sifatida boshlagan.
1995-yilda Grabar mamlakat Tashqi ishlar vazirligining Shimoliy Amerika departamenti direktori boʻldi. 1997-yildan 2000-yilgacha Xorvatiyaning Kanadadagi elchixonasida diplomatik maslahatchi va elchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Tashqi ishlar vazirligiga vazir-maslahatchi sifatida qaytgan.
2003-yil noyabr oyida Grabar-Kitarovic Xorvatiya parlamentiga saylandi va 2003-yil dekabr oyida Yevropa integratsiyasi boʻyicha vazir lavozimini egalladi. 2005-yil fevral oyida Xorvatiya tashqi ishlar vaziri sifatida qasamyod qildi. Uning asosiy vazifasi mamlakatni Yevropa Ittifoqi va NATOga yoʻnaltirish edi.
Xorvatiyaning AQShdagi elchisi (2008-2011). Kolinda Grabar-Kitarovich 2011-yilning 4-iyulida NATO Bosh kotibining jamoatchilik diplomatiyasi boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga kirishdi. Yevro-Atlantika diplomatiyasi va xavfsizlik masalalari boʻyicha mutaxassis.
Qishlogʻining Chakavian lahjasi va adabiy Xorvat tilidan tashqari, u ingliz, ispan va portugal tillarida gapiradi.
2014-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida u mamlakatning asosiy muxolifat partiyasidan nomzodini qoʻydi va ikkinchi bosqichga chiqdi. 2015-yil 11-yanvarda Xorvatiyadagi prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida 50,42% ovoz olib gʻalaba qozondi va Xorvatiya tarixidagi birinchi ayol prezidentga aylandi.
2019-yil dekabr – 2020-yil yanvar oylarida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida u Zoran Milanovicga yutqazdi.
Manbalar
Turkum:Ayol prezidentlar Turkum:Yashayotgan insonlar