Islom sivilizatsiyasi markazi (, ) — Oʻzbekistonda islom tarixiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi markaz. 2026-yil 17-mart kuni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida, Ramazon hayiti arafasida markazning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. 2026-yil 13-aprelda „eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi“ nominatsiyasi boʻyicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Tarixi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 23-iyuldagi farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Sakkiz yildan ortiq vaqt davomida ushbu yirik majmua bunyod etilib, toʻliq barpo qilindi. 2026-yil 17-mart kuni Ramazon hayiti arafasida markaz rasman ochildi.

Ekspozitsiya va zallar № Zal nomi Tavsifi Tasvir 1 Shon-sharaf zali Qur’on zali — Markazning qalbi hisoblangan mahobatli zal bo‘lib, uning markazida islom olamining eng qadimiy va nodir qo‘lyozmalaridan biri — Usmon Mushafi joylashgan. Zal devorlari bo‘ylab VIII asrdan xonliklar davrigacha yaratilgan Qur’on qo‘lyozmalari namoyish etilib, ular orqali asrlar davomida rivojlangan xattotlik, kitobat va bezak san’atining yuksak mahorati va go‘zalligi aks ettiriladi. 2 Qurʼoni Karim zali Markazning eng muhim qismida Qurʼoni karim zali barpo etilgan. Bu yerda musulmon olamining bebaho maʼnaviy durdonasi hisoblangan VII asrda qoʻlda koʻchirilgan Usmon musʼhafi joylashtirilgan. 3Islomdan avvalgi sivilizatsiyalarMarkaziy Osiyo hududida qadim zamonlardan VIII asr boshlarigacha shakllangan va rivojlangan davlatlar hamda madaniyatlarni qamrab oladi. Bu davrda Baqtriya, Xorazm, So‘g‘d, Farg'ona, Choch kabi yirik siyosiy va madaniy markazlar mavjud bo‘lgan. Buyuk Ipak yo‘li orqali Sharq va G‘arbni bog‘lagan ushbu hududlarda shaharsozlik, hunarmandchilik, savdo, ilm-fan va san’at yuksak darajada taraqqiy etgan. 4Birinchi RenessansVIII–XII asrlarda Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi rivoji bilan bog‘liq yuksak ilmiy va madaniy taraqqiyot davridir. Bu davrda Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar va Saljuqiylar kabi davlatlar hukm surib, Buxoro, Samarqand, Termiz, Xorazm va Farg‘ona yirik ilm-fan va madaniyat markazlariga aylandi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino va Mahmud Zamaxshariy singari buyuk allomalar islom ilmlari, falsafa, tibbiyot, astronomiya va boshqa fanlar rivojiga ulkan hissa qo‘shib, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatdilar.5Ikkinchi RenessansXIV–XVI asrlarda Amir Temur va Temuriylar davrida yuksak taraqqiyotga erishgan ilm-fan, madaniyat va san’at yuksalishi davridir. Ekspozitsiyada Amir Temur, Mirzo Shohrux, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro va Kamoliddin Behzod, shuningdek, Temuriy malikalar faoliyati va merosi yoritiladi. Bu davr Samarqand va Hirotning jahon ilm-fani, me’morchiligi, adabiyoti va san’atining yirik markazlariga aylanishi bilan ajralib turadi. Ekspozitsiya, shuningdek, Temuriylar merosining Boburiylar saltanatida davom etishi hamda keyingi davrdagi Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklari tarixi va madaniyatini qamrab oladi.6Uchinchi RenessansYangi O‘zbekistonning bugungi taraqqiyoti va kelajak sari intilishini aks ettiruvchi ekspozitsiyadir. Unda milliy madaniyat va mahalla qadriyatlari, davlat va jamiyat asoslari, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari, ilm-fan, ta’lim, sport, zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi yutuqlar yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro munosabatlari, jahon hamjamiyatidagi o‘rni va mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar namoyish etiladi.

Maqomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazi Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2017-yil 23-iyundagi PQ-3080-son qaroriga asosan tashkil etilgan. Markaz oʻzining faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va hisobot beradi. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Ustavga amal qiladi. Markaz oʻz faoliyatini qonuniylik, oshkoralik, kollegiallik hamda jamoat fikrini hisobga olish prinsiplari asosida yuritadi. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻaznachilik hisobvaraqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida talab qilib olinadigan chet el valyutasidagi depozit hisob raqamlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega. Markazda ish yuritish davlat tilida olib boriladi. Markazda rus, ingliz va arab tillarida ham ish yuritishi mumkinIslom sivilizatsiyasi markazi — Xabar.uz.

Yana qarang Oʻzbekistonning muzeylari roʻyxati

Manbalar

Havolalar Islom sivilizatsiyasi markazi Rasmiy sayti Islom sivilizatsiyasi markazi YouTube kanali Islom sivilizatsiyasi markazi Instagram sahifasi Islom sivilizatsiyasi markazi Facebook sahifasi Islom sivilizatsiyasi markazi Twitter sahifasi Islom sivilizatsiyasi markazi Telegram sahifasi

Turkum:Islom madaniyati Turkum:Oʻzbekistondagi muzeylar