Ibn Taymiya () — musulmon sunniy ulamo, faqih, muhaddis, asket. Marj al-Safar jangida Gʻozonxon bilan diplomatik aloqalar oʻrnatish ishlarini olib borgan. Hanbaliy mazhabining qozisi, oddiy xalqning avliyolarga ilohiy kuch isbot qilishi va ularning qabirlarini ibodat makonlariga aylatirish amallarini qattiq qoralashi oqibatida Ibn Taymiyya oʻz zamonining hukmdorlari va ulamolari orasida muxolifatchi sifatida tanilgan, va shu sababli bir necha bor qamoqqa olingan.

Oʻzining va undan keyingi davrlarning bahsli figurasi boʻlib, Ibn Taymiyya o'rta asr ulamolaridan kech sunniy islomga eng ta'sirli shaxslardan biri sifatida e'tirof etiladi. U yana shiddatli diniy polemikalarda ishtirok etish bilan taniladi. Asosan kalom ilmi tarafdorlarini tanqid qilishi, xususan, ash'ariy va moturidiy maktablarga qattiy raddiyalar berishi, va asariylik tarafini himoya qilishi bilan mashhur. Bu doimiy polemikalar natijasida Ibn Taymiyyaga qarshi taraf uni va uning shogirdlarini antropomorfizmda ayblashadi. Bu uning kitoblari taqiqlanishiga, va o'zini bir necha bor hibsga olinishiga olib keladi.

Ibn Taymiyya oʻzining risolatlarida aql va vahiy oʻrtasida hech qanday ziddiyat yoʻqligini ta'kidlab, aqidaviy masalalarini falsafadan asosiy shart sifatida foydalanishni qattiy qoralagan.

Manbalar

Turkum:Kishilar Turkum:Islom