Wolverine (; tugʻilgan paytidagi ismi: James Howlett (); taxalluslari: Logan va Weapon X) Marvel komikslaridagi xayoliy qahramondir. Roy Thomas, Len Wein va John Romita Sr. tomonidan yaratilgan. Ilk bor 1974-yilda chop etilgan „The Incredible Hulk“ #180 komiksida paydo boʻlgan.

Shu kungacha ushbu personaj haqida koʻplab filmlar, animatsion filmlar, teleseriallar va videooʻyinlar tayyorlangan. 20th Century Fox shirkati tomonidan tarqatilgan Gʻaroyib odamlar haqidagi filmlarda Wolverine personajini Hugh Jackman jonlantirgan.

Shuningdek, personaj Wizard jurnali tuzgan „2008-yilning 200 eng yaxshi komiks qahramonlari“ roʻyxatida birinchi oʻrinni egallagan. Bundan tashqari, Empire jurnali tuzgan „2008-yilning eng buyuk komiks qahramonlari“ hamda IGN jurnali tuzgan „2011-yilning 100 eng yaxshi komiks qahramonlari“ roʻyxatlarining ikkisida ham toʻrtinchi oʻringa loyiq topilgan.

Manbalar

Havolalar

Wolverine UncannyXMen.net saytida