Naxichevan Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Naxichevan ASSR (; ) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1920–1923-yillarda mavjud boʻlgan. 1924–1990-yillarda esa Ozarbayjon SSR tarkibida boʻlgan.

1920-yil Qizil armiya Naxichevan hududini bosib olgan. 1920-yil 28-iyulda Naxichevan Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilgan. 1923-yil fevralida Ozarbayjon SSR qaramogʻidagi Naxichevan Avtonom oʻlkasi tuzilgan. 1924-yil 9-fevralda Naxichevan ASSR oʻlaroq Ozarbayjon SSR tarkibiga kiritilgan.

1990-yil Ozarbayjon tarkibida Naxichevan ASSR oʻrnida Naxichevan Avtonom Respublikasi tuzilgan. Hozirgi kunda Naxichevan Respublikasini Ozarbayjondan Armaniston ajratib turadi.

Manbalar

Turkum:Naxichevan Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Turkum:Sovet Ittifoqi respublikalari Turkum:Sobiq sotsialistik respublikalar