Mehnat mahallasi () – Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Uzun tumaniga qarashli mahalla. Mehnat mahalla fuqarolar yigʻinida jami aholi soni 5240 tani tashkil qiladi. Ushbu mahallada quyidagi millat vakillari yashaydi va aholi soni quyidagicha: Tojiklar – 3234 kishi; oʻzbeklar – 1672 kishi; afgʻonlar – 310 kishi va boshqa millat vakillari yashaydi. Mehnat mahallasi fuqarolar tarkibiga 1 ta shaharcha va 2 ta qishloq kiradi: Mehnat shaharchasi, Surxonboshi va Terak qishloqlaridir. Mehnat mahallasi Bahoriston, Yangi roʻzgʻor, Guliston mahallalari hamda Denov tumanidagi Alisher Navoiy mahallasi bilan chegaradosh. „Mehnat“ mahalla fuqarolar yigʻini ahli mashgʻul boʻladigan asosiy kasb-hunar yoki boshqa faoliyat turlari asosan tadbirkorlik, bogʻdorchilik, chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanadi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi mahallalar Turkum:Uzun tumani