„Bolt“ () — toʻla metrajli multfilm. Walt Disney Animation Studios studiyasi mahsuloti. 2008-yilda ekranlarga chiqqan. Multfilmga Chris Williams va Byron Howard rejissyorlik qilgan. Ssenariyni Williams va Dan Fogelman yozgan. Bosh qahramonlarga John Travolta va Miley Cyrus ovoz bergan. Kartinada Bolt laqabli it sarguzashtlari tasvirlangan.
„Bolt“ 2008-yil 17-noyabrda Los-Anjeles shahrida premyera qilingan. AQSHda 2008-yil 21-noyabrda prokatga chiqarilgan. Tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. Butun jahon boʻylab prokatda 310 million dollar ishlab topgan. „Eng yaxshi animatsion film“ yoʻnalishida „Oscar“, „Oltin globus“ mukofotlariga nomzod qilib koʻrsatilgan.
Ovoz berganlar John Travolta — Bolt (it) Miley Cyrus — Penny Chloë Grace Moretz — Pennyning yoshligi Susie Essman — Mittens (mushuk) Mark Walton — Rhino (ogʻmaxon) Malcolm McDowell — doktor Calico Greg Germann — agent James Lipton — rejissyor Kari Wahlgren — Mindy Grey DeLisle — Pennyning onasi Lino DiSalvo — Vinnie (kaptar) Todd Cummings — Joey (kaptar) Tim Mertens — Bobby (kaptar) Nick Swardson — Blake (kaptar) J. P. Manoux — Tom (kaptar) Dan Fogelman — Billy (kaptar)
Musiqasi
Nominatsiyalar Multfilm quyidagi sovrinlarga nomzod qilib koʻrsatilgan: „Eng yaxshi animatsion film“ yoʻnalishida „Oscar“ mukofoti (2008) „Eng yaxshi animatsion film“ yoʻnalishida „Annie“ mukofoti (2008) „Eng yaxshi animatsion film“ yoʻnalishida „Broadcast Film Critics Association“ mukofoti (2008) „Eng yaxshi animatsion film“ yoʻnalishida „Chicago Film Critics Association“ mukofoti (2008) „Eng yaxshi animatsion film“ yoʻnalishida „Oltin globus“ mukofoti (2008) „Eng yaxshi animatsion film“ yoʻnalishida „Online Film Critics Society“ mukofoti (2009) Kids' Choice Awards (2009) „Eng yaxshi animatsion film“ yoʻnalishida Amerika prodyuserlar gildiyasi mukofoti (2008) „Eng yaxshi animatsion film“ yoʻnalishida „Satellite“ mukofoti (2008) Motion Picture Sound Editors (2008) Visual Effects Society Awards (2008)
Videooʻyin Multfilm asosida 2008-yil kompaniyasi „Bolt“ video oʻyinini yaratgan. Unda bosh qahramonning teleshoudagi soxta hayoti tasvirlanadi. Oʻyin Nintendo DS, Wii, PlayStation 2, PlayStation 3, Xbox 360 va PC platformalari uchun chiqarilgan. Keyinroq mobil telefonlar uchun ham oʻyin tayyorlangan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2008-yil filmlari Turkum:2008-yil 3D-filmlari Turkum:2008-yil multfilmlari Turkum:2008-yil kinokomediyalari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:Walt Disney Pictures filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:Byron Howard filmlari Turkum:Chris Williams filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar