Vena metropoliteni — ()-Avstriya poytaxti Vena shahrida joylashgan 5 ta liniyali metropolitendir.Zamonaviy Vena metropoliteni 1976-yil 8-may kuni tantanali tarzda ochilgan. Shu bilan birga Vena metropoliteni juda katta boy tarixga ega. Mavjud metropoliten 1898-1901-yillarda barpo etilgan shahar temir yo'lining bir qismini o'z ichiga oladi. Tizim Vena tezyurar temir yo'llari bilan bog'liq. Metro chiptalari avtobuslar va tramvaylar uchun ham mos keladi. Metro tarmog'i 109 ta stantsiyani o'z ichiga olgan 83.1 km uzunlikdagi 5 ta liniyadan iborat. Linyalar nomlari yo'q, lekin U (U-Bahn dan), U1 dan U6 gacha boʻlgan harflar bilan raqamlar bilan aytiladi. Vena metrosi 100% Vena shahriga tegishli boʻlgan Wiener Stadtwerke AG kompaniyasiga tegishli va Wiener Linien GmbH & Co KG tomonidan boshqariladi.Eng qizig'i har bir linya o'z rangiga ega. Linyalar Linya Rangi Qurilgan Uzunligi (km) Stansiyalari U-1 Qizil 1978-2017 19,2 24 U-2 Kulrang 1980-2013 16,9 20 U-3 Sariq 1991-2000 13,4 21 U-4 To'q ko'k 1976-1981 16,4 20 U-5 Och ko'k 1989-1996 17,3 24 Xususiyatlari Vena metrosining o'ziga xos xususiyati ikkita joriy ta'minot tizimlarining birlashmasidir: U1 dan U4 liniyalarida uchinchi relsli klassik tizim, U6 liniyasida aloqa simlari va tramvay tipidagi tok kollektorlari boʻlgan tizim ishlatiladi. U5 liniyasi raqamlashda yo'q: uni qurish rejalari turli xil variantlarda mavjud boʻlgan. Tez orada uning qurilishi boshlanadi. U5 liniyasining birinchi qismini ochilishi 2023 yilga mo'ljallangan 250px 225px Narxlar va yo'l haqi nazorati 250px|thumb|right|Vena metro linyasi Bir soatdan ko'p bo'lmagan bir safarning narxi - 2,20 evro, Eynzelkarte (metro va yer usti transporti uchun) - soatiga 2,40 yevro. 24 soatlik chipta narxi 8 yevro, 48 soat - 13.30 yevro, 72 soat - 16.50 yevro.Haftasiga cheksiz sayohat qilish huquqini beruvchi chipta narxi 16,20 evroni tashkil qiladi.Oylik chipta narxi 48,20 yevroni tashkil qiladi.Metroda kirish va chiqish chiptalari nazorati mavjud emas,chiptasiz sayohat qilganlik uchun jarima 105 yevroni tashkil etadi.
Galereya 250px 250px 250px
Yana qarang Metropolitenlar roʻyxati Manbalar
Havolalar
Turkum:Metro Turkum:1976-yilda ochilgan metropolitenlar roʻyxati