thumb|right|200px|Knut Berlin hayvonot bogʻida (2007-yil mart).
Knut (; 5-dekabr 2006-yil – 19-mart 2011-yil) Berlin hayvonot bogʻida tugʻilgan oq ayiqdir. Tugʻilganida onasi tarafidan rad etilgan, shu sababli uni hayvonot bogʻi xodimlari ulgʻaytirishgan. Knut 30 yildan oshiq vaqtdan beri, Berlin hayvonot bogʻida goʻdakligidan boshlab omon qolgan ilk oq ayiq bolasi boʻlgan. Bu oq ayiq xalqaro bahslarga sabab boʻlgani ortidan hayvonot bogʻi turistik va tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozondi.
Knut "Knutmania" deb nomlangan ommaviy axborot vositalarining diqqat markaziga aylandi va mashhur bo'ldi. U haqida ko'plab o'yinchoqlar, DVDlar va kitoblar yaratilgan. Bu hayvon 2007-yilda Berlin hayvonot bog'iga juda ko'p pul, taxminan besh million yevro olib keldi. Hayvonot bog'iga ko'proq odam bordi va o'sha yil hayvonot bog'ining 163 yillik tarixidagi eng daromadli yil bo'ldi.
Manbalar
Havolalar
Berlin hayvonot bogʻi rasmiy bosh sahifasi Das Leben von Eisbär Knut Rundfunk Berlin-Brandenburgʻda Turtle Pond Productions website for Knut: How one little polar bear captivated the world
Turkum:Biologik turlar Turkum:Yirtqichlar Turkum:Oq ayiqlar