Peter Scholze () (1987-yil 11-dekabrda tugʻilgan) — germaniyalik matematik. Scholze sonlar nazariyasi va algebraik geometriyaga qoʻshgan hissalari bilan tanilgan. 2018-yili Fields medali bilan taqdirlangan.
Scholze Drezdenda tugʻilgan, Berlinda ulgʻaygan. U Germaniya terma jamoasi tarkibida Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etib, uchta oltin va bitta kumush medalni qoʻlga kiritgan. Scholze Bonn universitetida matematika boʻyicha tahsil olgan va Michael Rapoport rahbarligida doktorlik ilmiy ishini yoqlagan.
Scholze 2011-yil iyun oyidan Clay matematika instituti ilmiy xodimi va 2012-yildan beri Bonn universitetida professor boʻlib ishlaydi. 2018-yil Max Planck matematika instituti direktori etib tayinlangan. Scholze aksar manbalarda dunyodagi eng yetuk matematiklar qatorida tilga olingan.
Havolalar
Turkum:Fields medali sovrindorlari