Joker 2019-yili katta ekranlarga chiqarilgan, Todd Phillips tomonidan suratga olingan, Warner Bros. Pictures va DC Films studiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan hamda Warner Bros. Pictures tomonidan tarqatilgan triller janridagi AQSh filmidir. Film DC Comics nashriyoti tomonidan tushirilgan xuddi shu nomdagi qahramonga asoslangan boʻlib, kartinada bosh qahramon sanalmish Joker personajini Joaquin Phoenix jonlantirgan.

Joker filmi premyerasi Venesiyada 31-avgust 2019-yilda, Amerika Qoʻshma Shtatlarida 4-oktyabr 2019-yilda boʻlib oʻtdi. Film budjeti $55–70 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $1 milliarddan ortiq daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va 2019-yilning oltinchi eng yuqori daromadli filmi boʻldi.

Rollarda Joaquin Phoenix — Arthur Fleck / Joker Robert De Niro — Murray Franklin Frances Conroy — Penny Fleck Brett Cullen — Thomas Wayne Zazie Beetz — Sophie Dumond Bryan Callen Marc Maron Bill Camp Josh Pais Shea Whigham Musiqasi CD versiya

Manbalar

Havolalar

Turkum:2019-yil filmlari Turkum:2019-yil triller filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh triller filmlari Turkum:Todd Phillips filmlari Turkum:Warner Bros. filmlari Turkum:DC Films filmlari Turkum:Intiqom haqidagi filmlar Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh dramatik filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar