Keyin () 2019-yilda ekranlarga chiqqan, Jenny Gage tomonidan suratga olingan romantik va drama janrdagi AQSh filmidir. Filmda bosh rollarni Josephine Langford va Hero Fiennes Tiffin jonlantirgan.

Keyin filmi premyerasi Amerika Qoʻshma Shtatlarida 12-aprel 2019-yilda boʻlib oʻtdi. Rotten Tomatoes kinotanqid saytida bu film haqida 37 ta maqola yigʻilib, ulardan 18% foizi filmni ijobiy baholadi. Film budjeti $14 million boʻlib, umumjahon boʻylab $69.5 million daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi.https://www.bbc.com/news/entertainment-arts-50373475 Filmning sikvellari boʻlmish After We Collided va After We Fell kinokartinalari AQShda mos ravishda 23-oktabr 2020-yil va 30-sentabr 2021-yilda chiqarildi.

Syujeti

Tessa Young kollejdagi ilk kunini onasi Carol va yigiti Noah bilan birgalikda kollej yotoqxonasiga koʻchib oʻtishdan boshlaydi. Bu jarayon davomida u yangi xonadoshi Steph va uning qiz oʻrtogʻi Tristan bilan uchrashadi. Ertasiga Tessa Stephning doʻsti Hardin Scott bilan kutilmaganda uchrashib qoladi. Ertasiga Steph Tessani oʻzining doʻstlari boʻlmish Zed, Molly va Jace ishtirokidagi bazmga borishga koʻndiradi hamda u yerda Tessa Hardin bilan ikkinchi bor uchrashadi.

Rollarda Josephine Langford — Tessa Young Hero Fiennes-Tiffin — Hardin Scott Selma Blair — Carol Young Shane Paul McGhie — Landon Gibson Khadijha Red Thunder — Steph Jones Samuel Larsen — Zed Evans Inanna Sarkis — Molly Samuels Pia Mia — Tristan Dylan Arnold — Noah Porter Jennifer Beals — Karen Scott Peter Gallagher — Ken Scott

Relizi + Mamlakat Premyera sanasi Manba (lar) 12-aprel 2019-yil 17-aprel 2019-yil 11-aprel 2019-yil 11-aprel 2019-yil 22-avgust 2019-yil 2-may 2019-yil

Musiqasi

Mukofotlari + Yil Mukofot Turkum Natija Manba (lar) 2019 Teen Choice Awards Tanlov: Drama film 2019 E! Peopleʼs Choice Awards 2019-yilning drama filmi

Manbalar

Havolalar

After filmi Facebook sahifasi

After Movie Wattpadda

Turkum:2019-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Netflix original filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh romantik filmlari Turkum:Courtney Solomon prodyuserlik qilgan filmlar Turkum:Mark Canton prodyuserlik qilgan filmlar