thumb|right|200px

Oʻyinchoq ayiq – ayiqqa oʻxshatib yasalgan yumshoq oʻyinchoq.

AQSh va Gʻarbiy Yevropada oʻyinchoq ayiqlar odatda „Teddy ayiqlari“ nomi bilan ataladi. Oʻyinchoq ayiqlarning „Teddy“ nomini olishi AQSh prezidenti Theodore Roosevelt bilan bogʻliq. 1902-yilning noyabrida Roosevelt ov safari bilan Mississippi shtatiga borgan. Ov chogʻida Rooseveltning bir guruh xizmatkorlari Amerika qora ayigʻini ushlab, tol daraxtiga bogʻlab qoʻyishgan. Soʻngra, Rooseveltni voqea joyiga chaqirishib, ayiqni otishni soʻrashgan. Roosevelt esa ayiqni otishdan bosh tortgan. Bu voqea 1902-yil 16-noyabrda The Washington Post karikaturachisi Clifford Berryman ishlagan siyosiy karikatura bosh mavzusiga aylangan. Berrymanning karikaturasini koʻrib qolgan Morris Michtom karikaturadagiga oʻxshash oʻyinchoq ayiq yasab, prezident sharafiga „Teddy’s bear“ deb nomlagan va uni Brooklyndagi qandolat doʻkoni peshtaxtasiga qoʻygan.

Madaniyatda Winnie-the-Pooh

Manbalar

Turkum:Oʻyinchoqlar