„The Music of Central Asia“ () — Markaziy Osiyo xalqlari musiqasi boʻyicha oʻquv qoʻllanma. Asar 14 mamlakatda yashovchi 27 nafar muallif tomonidan yozilgan. Unga amerikalik musiqashunos va etnograf Theodore Levin, qozogʻistonlik musiqashunos va tarixchi Saida Daukeyeva hamda qirgʻizistonlik antropolog Elmira Kochumkulova muharrirlik qilgan. Asar unda tilga olingan 200 ga yaqin musiqiy asarni va qoʻshimcha materiallarni oʻzida jamlagan www.musicofcentralasia.org sayti bilan hamkorlikda eʼlon qilindi.

Kitobda Markaziy Osiyo davlatlarining, xususan, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonning musiqiy merosi, ushbu mamlakatlarda yashovchi xalqlar musiqasida Sovet Ittifoqi davrida qilingan islohotlar hamda mintaqada ijod qilgan yetuk musiqachilar, sanʼatkorlar va musiqashunoslar hayoti va ijodi haqida soʻz yuritiladi. Kitobdan, shuningdek, Markaziy Osiyo xalqlari cholgʻu asboblari hamda musiqiy atamalari glossariysi, koʻplab surat va xaritalar hamda mualliflar va muharrirlarning qisqa biografiyalari oʻrin olgan.

Qoʻllanma ilk bor 2015-yil AQShning Bloomington shahrida Indiana University Press nashriyotida Ogʻa Xon madaniyat trasti () qoʻllovi bilan chop etildi. 2016-yil qayta nashr qilindi. Asar Markaziy Osiyo xalqlari musiqasiga bagʻishlangan ilk oʻquv qoʻllanmasidir. Asar toʻrt yirik boʻlim („Markaziy Osiyoda musiqa va madaniyat“, „Koʻchmanchilar dunyosi“, „Oʻtroq xalqlar dunyosi“, „Globalizatsiya davrida Markaziy Osiyo musiqasi“) va 31 bobdan iborat.

Kitob tanqidchilar va oʻquvchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Delaware universiteti professori Sunmin Yoon kitobni yuqori baholadi: „Bu kitob zamonaviy olimlar — ham markaziy osiyolik, ham xorijlik — yozgan tadqiqotlar bilan boyitilgan. Kitobning oʻziga xos jihatlaridan biri yoritilgan mavzularning ularni ham madaniy, ham musiqiy jihatdan oʻz boshidan kechirgan shaxslar tomonidan yozilganidir.“

Ilk qoʻlyozmasi 2012—2013-yillarda qoʻllanmaning ilk qoʻlyozmasi asosida Qirgʻizistondagi Markaziy Osiyo universiteti hamda Markaziy Osiyo Amerika universitetida, Markaziy Osiyo universitetining Dushanbedagi Ogʻa xon gumanitar fanlar loyihasida hamda Olmaotadagi Qurmangʻazi nomli qozoq milliy konservatoriyasida 15 haftaga choʻziluvchi kurs uyushtirildi. Shuningdek, muharrir Levin Dartmouth kollejida Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq musiqasi boʻyicha kursini oʻqitishda qoʻllanmadan foydalandi. Kitobning dastlabki nusxasini tayyorlashda Ogʻa Xon musiqa tashabbusi () hamda Markaziy Osiyo universiteti hamkorlik qilgan.

Kitobning yakuniy nusxasi talabalar va oʻqituvchilar bergan baho asosida nashrga tayyorlandi. Qoʻllanma ilk bor 2015-yil AQShning Bloomington shahrida Indiana University Press nashriyotida Ogʻa Xon madaniyat trasti () qoʻllovi bilan chop etildi. 2016-yil qayta nashr qilindi.

Boʻlimlari Boʻlim Bob Bob nomi Tavsif MuallifPart I. Music and Culture in Central AsiaI boʻlim. Markaziy Osiyoda musiqa va madaniyat 1 Music in Central Asia: An OverviewMarkaziy Osiyoda musiqa: Obzor Birinchi bobda Markaziy Osiyoning geografik va madaniy chegaralari, mintaqada yashovchi koʻchmanchi va oʻtroq xalqlar oʻrtasidagi farqlar va oʻxshashliklar, Islom dini va musiqa, ijro va ijtimoiy kontekst, Islom dini va tasviriy sanʼat, Markaziy Osiyo musiqasining Sovet Ittifoqi davridagi hamda XXI asr boshidagi qismati haqida soʻz yuritiladi.Theodore Levin 2 Musical Instruments in Central AsiaMarkaziy Osiyo cholgʻu asboblari Ikkinchi bobda Markaziy Osiyo xalqlari cholgʻu asboblari, cholgʻularni klassifikatsiyalash, xususan, Hornbostel–Sachs tizimi hamda ularning tuzilishi, va, nihoyat, koʻchmanchi va oʻtmishda koʻchmanchi boʻlgan xalqlar bilan oʻtroq xalqlar cholgʻu asboblari oʻrtasidagi farqlar haqida soʻz yuritiladi.Part II. The Nomadic WorldII boʻlim. Koʻchmanchilar dunyosiPrologueMuqaddima Who Are the Nomads of Central Asia?Markaziy Osiyo koʻchmanchilari kim? Muqaddimada Markaziy Osiyoning oʻtmishda koʻchmanchi boʻlgan xalqlari, sovet davrida ularning majburan oʻtroqlashtirilgani hamda ushbu xalqlarning hozirgi turmush tarzi haqida qisqacha maʼlumot berilgan. 3 Introduction to Central Asian Epic TraditionsMarkaziy Osiyo dostonlariga kirish Uchinchi bobda Markaziy Osiyo xalqlari dostonlari, xususan, „Manas“, „Alpomish“, „Goʻroʻgʻli“ dostonlari, Markaziy Osiyo xalqlari dostonlarining qahramonlari, dostonlarda keng uchraydigan mavzular, doston ijrosi hamda dostonchilar/baxshilar/qissaxonlar haqida hikoya qilinadi.Elmira Kochumkulova 4 The Kyrgyz Epic Manas"Manas" qirgʻiz eposi Toʻrtinchi bobda qirgʻizlarning „Manas“ trilogiyasi, xususan, uning ahamiyati, eposning jugʻrofiy qamrovi, XIX asrdan boshlab yozib olinishi, eposni ijro etish uslublari, taniqli manaschilar hamda eposning zamonaviy Qirgʻizistonda tutgan oʻrni haqida hikoya qilinadi. 5 Oral Epic in Kazakhstan: Körughly and a Dynasty of Great JyrausQozogʻistonda ogʻzaki poetik ijod: Goʻroʻgʻli va buyuk jirovlar sulolasi Beshinchi bobda „Goʻroʻgʻli“ dostonining qozoqlar orasida tarqalgan versiyasi hamda jirovlar va jirovlar sulolalari haqida hikoya qilinadi. Uljan Baybosinova6 Music of the Karakalpaks. The Epic World of the Karakalpaks: Jyrau and BaqsyQoraqalpoqlar musiqasi. Qoraqalpoqlar doston dunyosi: Jirovlar va baxshilar Oltinchi bobning birinchi qismida Qoraqalpogʻistonda bir-biriga yaqin, lekin farq qiladigan jirovlik va baxshilik sanʼati hamda qoraqalpoqlar kundalik hayotida kuylaydigan boshqa kuylar, jumladan, ona allasi haqida soʻz yuritiladi. Frédéric Léotar Music of the Karakalpaks. Qyssakhan: Performer of Written and Oral LiteratureQoraqalpoqlar musiqasi. Qissaxon: Yozma va ogʻzagi adabiyot ijrochisi Oltinchi bobning ikkinchi qismida qissaxonlik anʼanasi, xususan, uning kelib chiqishi, qissaxonlar orasida keng tarqalgan adabiy janrlar, qissaxonlik anʼanasining avlodda-avlodga oʻtishi, ushbu sanʼatning sovet davridagi qismati, taniqli qissaxonlar hamda ushbu sanʼat turi tobora unutilib borayotgani haqida hikoya qilinadi. Qalmurza Qurbanov va Saida Daukeyeva 7 The Art of the Turkmen BagshyTurkman baxshisi sanʼati Yettinchi bobda turkmanlar orasidagi baxshichilik sanʼati, xususan, baxshilar turlari, baxshichilik uslublari va maktablari (Ahal, Bolqon, Lebap, Dashoguz, Mari baxshichilik anʼanalari) yoritilgan. Jamilya Gurbanova 8 The Turkmen DutarTurkman dutori Sakkizinchi bob dutorning turkmanlar orasida keng tarqalgan kalta dastali versiyasi va Turkmanistonning Mari va Ahal viloyatlarida keng tarqalgan ijro uslublariga bagʻishlangan. David Fossum 9 Kyrgyz Wisdom Songs: Terme YrlaryQirgʻiz donishmandlik qoʻshiqlari: Terma ashulalar Toʻqqizinchi bobda terma janrining qirgʻizlar orasida keng tarqalgan turilari, bunday ashulalarning sheʼri va ohangi hamda zamonaviy terma qoʻshiqlar haqida soʻz yuritiladi. Elmira Kochumkulova 10 Aqyns and Improvised Poetry Competitions among