Kate Elizabeth Winslet (; 1975-yil 5-oktyabrda tugʻilgan) ingliz aktrisasi. Oscar, Grammy, toʻrtta Screen Actors Guild, uchta BAFTA va beshta Oltin globus mukofotlari sovrindori.
Winslet Angliyaning Berkshire grafligidagi Reading shahrida tugʻilgan. Redroofs teatr maktabida dramaturgiya boʻyicha tahsil olgan. Aktrisa oʻlaroq birinchi marta 15 yoshida Dark Season (1991) serialida rol ijro etgan. Keyinchalik, Heavenly Creatures (1994) filmida rol oʻynagan. Sense and Sensibility (1995) filmidagi roli ortidan BAFTA mukofoti bilan taqdirlangan. Titanic (1997) romantikasida bosh qahramonni jonlantirgan. Titanic tarixdagi eng kassabop filmlardan biridir.
Winslet keyinchalik Quills (2000), Iris (2001), Finding Neverland (2004), Little Children (2006), Revolutionary Road (2008), The Reader (2008), Versaldagi muhabbat (2014) kabi filmlarida rollar ijro etgan. The Reader filmidagi roli uchun BAFTA va Oscar („Eng yaxshi aktrisa uchun“ nominatsiyasida) mukofotlarini qoʻlga kiritgan.
2009-yilda Winslet Time jurnali tuzgan dunyoning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxatiga kiritilgan. 2012-yilda Britaniya imperiyasi ordeni (CBE) bilan taqdirlangan. Winslet uch marta turmush qurgan. Rejissyor Sam Mendes bilan ajrashganidan soʻng 2012-yilda biznesmen Edward Abel Smith bilan turmush qurgan. Uning har bir nikohdan bittadan farzandi borhttps://web.archive.org/web/20080303210601/http://www.telegraph.co.uk/arts/main.jhtml?xml=%2Farts%2F2005%2F12%2F05%2Flnickbarratt05.xml.
Hayoti Kate Elizabeth Winslet 1975-yilning 5-oktyabrida Angliyaning Berkshire grafligidagi Reading shahrida tugʻilgan. Otasi – Roger John Winslet, onasi – Sally Anne (qizlik familiyasi Bridges). Kate kelib chiqishiga koʻra britan, irland (otasi tomondan) va shved (onasi tomondan) ajdodlarga mansubdir.thumb|upright|Winslet 2014-yilda thumb|upright|Winslet 2009-yilda Filmografiyasi + Yil Film Rol Izohlar Manba (lar) 1994 Heavenly Creatures 1995 Sense and Sensibility 1995 Malika Sarah 1996 Jude 1996 Hamlet Ophelia 1997 Titanic 1998 Hideous Kinky Julia 1999 Faeries Brigid (ovoz bergan) 1999 Holy Smoke! 2000 Quills Madeleine 2001 Enigma 2001 Iris Iris Murdoch 2001 War Game Annie (ovoz bergan) Qisqa metrajli film 2001 Christmas Carol: The Movie Belle (ovoz bergan) 2003 2004 Eternal Sunshine of the Spotless Mind 2004 Finding Neverland Sylvia Llewelyn Davies 2005 Romance & Cigarettes Tula 2006 Deep Sea 3D Narrator Hujjatli film 2006 All the Kingʻs Men 2006 Little Children 2006 Flushed Away (ovoz bergan) 2006 Iris 2007 Sharhlovchi Inglizcha dublyaj 2008 2008 Revolutionary Road 2009 Sharhlovchi Hujjatli film 2011 Carnage 2011 Contagion 2013 Movie 43 Beth Segment: The Catch 2013 Labor Day 2014 Divergent Jeanine Matthews 2014 2015 Jeanine Matthews 2015 Daisy Chain Buttercup (ovoz bergan) Qisqa metrajli film 2015 Steve Jobs Joanna Hoffman 2015 Myrtle „Tilly“ Dunnage 2016 Triple 9 2016 Collateral Beauty 2016 Sharhlovchi Qisqa metrajli film 2017 2017 Wonder Wheel 2018 Mary and the Witch's Flower (ovoz bergan) 2019 Birds of a Feather Blanche (ovoz bergan) 2019 Blackbird Jennifer 2020 Baba Yaga Baba Yaga (ovoz bergan) Qisqa metrajli film 2020 Ammonite Mary Anning 2020 Black Beauty Black Beauty (ovoz bergan) 2021 Eating Our Way To ExtinctionSharhlovchiHujjatli film 2022 Eleven Days in MaySharhlovchiHujjatli film 2022 Avatar: The Way of Water Ronal
Manbalar
Havolalar
Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ingliz qoʻshiqchilari Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Angliyalik televideniye aktrisalari Turkum:Britaniya imperiyasi ordeni sohiblari Turkum:Oscar mukofotining eng yaxshi aktrisa nominatsiyasi gʻoliblari Turkum:BAFTA mukofoti sohiblari Turkum:Oltin Globus mukofoti sovrindorlari Turkum:Screen Actors Guild Awards sovrindorlari Turkum:Emmy Award gʻoliblari Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar