thumb| Hukumat tomonidan fuqarolarga tarqatilgan Konstitutsiya risolasi. Hujjatning nomi belarus tilida, undan keyin rus tilida yozilgan.
Belarus Respublikasi Konstitutsiyasi (, ) — Belarusning asosiy qonuni. Mamlakatning Sovet Ittifoqidan mustaqilligini eʼlon qilganidan uch yil oʻtgach, 1994-yilda qabul qilingan ushbu rasmiy hujjat Belarus davlati va hukumatining siyosatini belgilab beradi va oʻz fuqarolarining huquqlari va erkinliklarini qayd etadi. Konstitutsiya mamlakatning sobiq qonun chiqaruvchi organi boʻlgan Belarus Oliy Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan hamda fuqarolar va huquqshunos ekspertlar tomonidan takomillashtirilgan. Konstitutsiya muqaddimasi 9 boʻlim va 146 moddadan iborat.
Konstitutsiya tuzilishi va mazmuniga Gʻarb davlatlarining konstitutsiyalari va Sovet Ittifoqi davridagi Belarus tajribasi katta taʼsir koʻrsatgan. Garchi Konstitutsiyaning aksariyat qismida hukumatning funksiyalari va vakolatlari belgilab qoʻyilgan boʻlsa-da, butun boʻlim fuqarolar va rezidentlarga berilgan huquq va erkinliklar haqida batafsil maʼlumot beradi. Konstitutsiya qabul qilinganidan beri ikki marta oʻzgartirildi (1996 va 2004-yillar). Mustaqil kuzatuvchilar va hukumatning muxolifat yetakchilari tomonidan qattiq tanqid qilingan ikkita referendum natijasida prezidentning vakolatlari oshirildi va prezidentlikka nomzod koʻrsatish (qayta saylanish) imkoniyati cheksiz etib belgilandi.
Tarixi Litva nizomlari thumb|Litvaning uchinchi nizomi, 1588-yil 1529-yilda Buyuk Litva knyazligi tomonidan hozirgi Belarus hududlarini rasman qonunlashtirishga birinchi urinish amalga oshirilgan. Bu urinish Litva Nizomlari shaklida joriy qilingan. Eski belarus tilida yozilgan ushbu hujjat davlatning oliy qonuni rolini bajargan.
1791-yil 3-mayda qabul qilingan Konstitutsiya XVIII asrda Buyuk Litva knyazligi va Polsha Qirollik Toji oʻrtasida vujudga kelgan federal Polsha-Litva Hamdoʻstligi (Rech Pospolitaya) kuchsiz (disfunksional) ichki siyosat tufayli tanazzulga yuz burdi. Kech boʻlsada, vaziyatni toʻgʻirlash uchun 1791-yil 3-may kuni dunyodagi eng qadimgi milliy konstitutsiyalardan biri qabul qilindi.
Yangi konstitutsiya davlat siyosatining irodasini sustlashtirib turgan liberal veto huquqini va shlyaxta konfederatsiyalarini taqiqladi. Konstitutsiya shuningdek, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari oʻrtasida boʻlinishini taʼminladi, „xalq suvereniteti“ni oʻrnatdi va burjua uchun siyosiy huquqlarni kengaytirdi. Dehqonlarning huquqlari kengaydi lekin krepostnoylik huquqi bekor qilinmadi . Katolik dinining maqomi tan olingan boʻlsa ham, diniy bagʻrikenglik saqlab qolindi.
1791-yil 22-oktabrda qabul qilingan Ikki xalqning oʻzaro kafolatida Polsha va Buyuk Litva knyazligining yagona davlat sifatidagi birligi va boʻlinmasligi, ikki xalq vakillarining davlat boshqaruv organlarida teng huquqli ekanliklari qayd etildi.
1791-yilgi hujjat 19 oydan kamroq vaqt davomida oʻz kuchini saqlay oldi. U Rossiya bilan qisqa urushdan keyin 1793-yil 23-noyabrda Grodno seymi tomonidan bekor qilindi. 1795-yilga kelib, Hamdoʻstlik Rossiya imperiyasi, Prussiya qirolligi va Habsburglar Avstriyasi oʻrtasida boʻlinib ketdi va Buyuk knyazlik hududining koʻp qismi Rossiya hukmronligi ostida qoldi.
XX asr thumb|1927-yilgi BSSR Konstitutsiyasining jildi Belarus birinchi muvaqqat konstitutsiyasini 1918-yil 11-oktabrda Rossiya imperiyasidan mustaqillik eʼlon qilinganidan bir necha oy oʻtgach qabul qildi.
1919-yil mamlakat rus bolsheviklari tomonidan bosib olingandan keyin Belarus Sovet respublikasi (SSSR)ga aylandi va yangi konstitutsiya qabul qilindi. Ushbu konstitutsiya Rossiya, Ukraina va Kavkazorti bilan birgalikda Sovet Ittifoqini tuzish toʻgʻrisida shartnoma imzolangunga qadar amalda boʻldiBritish Broadcasting Corporation Timeline of the Soviet Union. Published March 2006. Retrieved 5-iyun 2007-yil.. Endi Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi (BSSR) 1927-yilda Sovet Ittifoqining birinchi konstitutsiyasini qabul qildi. 1937-yilda yangidan konstitutsiya qabul qilgan Belarussiya SSR 1978-yilda Sovet Ittifoqi tarkibidagi soʻnggi konstitutsiyasini qabul qildi, unda asosan 1977-yilgi Sovet Konstitutsiyasiga kiritilgan oʻzgarishlar aks etgan.
Zamonaviy Konstitutsiya thumb|1994-yil qabul qilingan Belarus Konstitutsiyasining jildi 1991-yilda Belarus Sovet Ittifoqidan mustaqil boʻlganda, Belarus Oliy Kengashi Belarus Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat suvereniteti toʻgʻrisidagi deklaratsiyani qabul qildi va Belorussiya SSR qonunlarining SSSR qonunlaridan ustunligi qayd etildi (Deklaratsiyaning 7-moddasi, ammo bu oʻzgarish 1978-yil qabul qilingan Konstitutsiyasiyaga faqat 1991-yil avgustda kiritildi) va respublikada rasmiy ravishda konstitutsiyaviy jarayonlari boshladiper article 12 of the Declaration, its provisions shall be „implemented by the Supreme Soviet of the Byelorussian SSR through the adoption the new Constitution (Fundamental Law) of the Byelorussian SSR, the Byelorussian SSR laws“, a similar clause also existed in other declarations, such as Russian (art. 15: „This Declaration shall be basis for the development of the new Constitution of the RSFSR, the conclusion of the Union Treaty, and improvement of the national legislation“) and Ukrainian („The Declaration shall be the basis for a new constitution and the laws of Ukraine, as well as determine the positions of the Republic regarding conclusion of international agreements. The principles of the Declaration of Sovereignty shall be used to sign the Union Treaty“) ones.. Koʻp oʻtmay, hukumat mustaqil ravishda Belarus konstitutsiyasini tuzish maqsadida Konstitutsion komissiya tashkil etdi. 1991-yil noyabrda Komissiya Oliy Kengashga uchta loyihadan birinchisini taqdim etdi. Oliy Kengash maʼqullaganidan soʻng 1991-yil dekabrda Belarus xalqi oʻz taklif va fikrlarini bildirishi uchun loyiha matbuotda chop etildi. Komissiya uchinchi va yakuniy loyihani Oliy Kengashga taqdim etganidan soʻng u 1994-yil 15-martda Oliy Kengash Spikeri va Davlat rahbari Mexislav Grib tomonidan imzolandi. „Zvezda“ gazetasi oʻn besh kundan keyin Konstitutsiyani rasman eʼlon qildi. Oliy Kengash Konstitutsiya bilan bir qatorda „Qabul qilish toʻgʻrisida“ deb nomlangan yana qonunni qabul qildi, bu qonun 1978-yil Belorussiya SSR Konstitutsiyasini va ayrim istisnolar bilan Belarussiya SSR davlat suvereniteti toʻgʻrisidagi deklaratsiyani bekor qildi. Oliy Kengashning oʻn uchinchi sessiyasida qabul qilingan qonun, mansabdor shaxslar va davlat organlarining shakllanishi uchun ikki yillik oʻtish bosqichi boshlanganini qayd etdiRepublic of Belarus Enactment Law. Passed 15-mart 1994-yil. Retrieved 10-iyul 2007-yil.. 1994-yildan beri har yili 15-mart Belarusda Konstitutsiya kuni milliy bayram sifatida nishonlanadiEmbassy of the Republic of Belarus to Mexico and the United States National Holidays . Retrieved 25-mart 2007-yil..
Konstitutsiyada hokimiyatlarning boʻlinishi belgilab qoʻyilgan. Belarus qonunlariga koʻra, har bir idora alohida, ammo xalqqa xizmat qilish uchun birgalikda ishlashi kerak. Shuningdek, Konstitutsiya Belarusni demokratik prezidentlik respublikasi ekanini qayd etadi, bu esa bosh vazirning vakolatlarini sezilarli darajada pasaytiradiLibrary of Congress Country Studies Belarus — Prelude to Independence. Library of Congress. Retrieved 21-mart 2007-yil..SSSR tarqatilganidan keyin mustaqil boʻlgan 15 respublika ichida Belarus eng kech Konstitutsiya qabul qilganlardan biridir. Bu kechikish Oliy Kengash deputatlari oʻrtasidagi munozaralar tufayli vujudga keldi, bu munozaralar fonida Oliy kengashni butkul tugatishni istayotgan muxolifar va demokratik kuchlar bilan kurash ham ketayotgan ediVirtual Guide to Belarus. Belarus Politics . Retrieved 11-iyul 2007-yil.. 1992 va 1993-yillarda kechgan munozaralarning asosiy qismiga yangi tuzilgan qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatlari oʻrtasida yuzaga kelgan hokimiyat uchun kurashlar sabab boʻldi. Oliy Kengashning sobiq raisi Stanislav Shushkevich prezidentga berilgan vakolatlar koʻlami tufayli dastlabki loyihalarni tanqid ostiga oldi. Muxolifatdagi Belarus Xalq fronti ikki partiya oʻrtasida muvozanat yoʻqligi va SSSR paytida ham nomzodlik koʻrsatgan Vyachaslav Kebichga iyun oyida boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga imkon berilganligi sababli soʻnggi loyihalarni tanqid qildi.
Belarus Konstitutsiyasini ishlab chiqishda Oliy Sovet deputatlari turli davlatlar konstitutsiyalari, jumladan Avstriya, Belgiya, Daniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Shvetsiya va AQSh konstitutsiyalarini oʻrganib chiqishgan. Ichki tomondan, Konstitutsion komissiya Sovet hukmronligi davrida va Sovet hukumati tomonidan bekor qilingan anʼanalarni qaytarish istagida boʻlgan. Konstitutsiyaning tuzilishi Rossiya Federatsiyasinikiga oʻxshash: masalan, Prezident devoni Rossiya Prezidentiga berilgan vakolatlarga oʻxshash vakolatlarga ega. Umuman olganda, Konstitutsiya tuzilishda Belarus davlatchiligini rossiyaparast harakatlardan saqlab qolishga, postsovet Belarusining ichki muammolarini hal qila oladigan kuchli davlat rahbariga ega boʻlishga va Belarusdagi siyosiy fraksiyalar oʻrtasida murosa kiritishga harakat qilindi.
Muqaddima Konstitutsiya muqaddimasida Belarus xalqaro hamjamiyat aʼzosi sifatida oʻz davlatchiligi taqdiri uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi. Shuningdek, Belarus oʻz fuqarolarining huquq va erkinliklarini hurmat qilish va xalq tomonidan boshqariladigan va qonun ustuvorligiga asoslangan barqaror hukumatni saqlash kafolatini beradiWebportal of the President of the Republic of Belarus Preamble of the Constitution. Published 1994, amended in 1996. Retrieved 1-may 2007-yil.. Birinchi boʻlim: Konstitutsiyaviy tizim asoslari Konstitutsiyaning birinchi boʻlimi hukumat vakolatlarini belgilab beradi va hukumat Belarus xalqi tomonidan boshqarilishini qayd etadi. Koʻp partiyaviy vakillik demokratiyasi deb eʼlon qilingan hukumat oʻzining tashqi siyosatini shakllantiradi va zarur hollarda buni amalga oshirish huquqini himoya qilishga tayyor. Birinchi boʻlim, shuningdek, davlat oʻz fuqarolarining huquqlari va erkinliklarini himoya qilishini, ammo Belarus fuqarosi „Konstitutsiya tomonidan unga yuklangan majburiyatlarni bajarish uchun davlat oldida javobgar boʻlishini“ oʻz ichiga oladiWebportal of the President of the Republic of Belarus Section One of the Constitution . Published 1994, amended in 1996. Retrieved 7-iyun 2007-yil..
Hukumatning oʻzi hokimiyatning har jabhasini nazorat va muvozanat da ushlab turadi, ammo har bir hokimiyat boshqa hokimiyatning taʼsiridan mustaqildir. Hukumat Konstitutsiya qoidalariga muvofiq qonunlar qabul qilish huquqiga egadir. Agar qonunlar Konstitutsiya bilan mos kelmasa, ularni bekor qila oladi. Qonunlarning oʻzi xalqaro huquqqa boʻysunadi va Belarus „xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari ustunligini tan olishga va uning qonunlari bunday printsiplarga mos kelishini taʼminlashga“ tayyor.
Belarus hududi „oblastlar“ deb nomlangan alohida hududlarga boʻlingan. Shuningdek, oblastlar tumanlarga, ular esa oʻz navbatida shaharlarga boʻlinadi. Konstitutsiya, shuningdek, qonunchilik tomonidan nazorat qilinadigan maxsus hududlarni yaratishga imkon beradi. Belarus fuqarolariga Belarus chegaralari ichida yoki chet elda boʻlishidan qatʼi nazar, himoya va homiylik kafolatlanadi. Baʼzi bir istisnolardan tashqari, fuqaroligi boʻlmagan va chet elliklar Konstitutsiya boʻyicha Belarus fuqarolari bilan bir xil maqom va huquqlarga ega. Belarus shuningdek, etnik kelib chiqishi, siyosiy mafkurasi yoki diniy qarashlari tufayli taʼqibga uchraganlarga boshpana berish huquqiga ega.
Shuningdek, Konstitutsiyada Belarus va Rus tillari davlatning rasmiy tillari sifatida belgilangan, betaraflik va yadro qurolini tarqatmaslik majburiyatlarini oladi, oʻz milliy ramzlarni qabul qiladi va Minsk shahrini poytaxt etib tanlaydi (Minsk ilgari Belarus Sovet Sotsialistik respublikasining poytaxti boʻlgan). Ikkinchi boʻlim: Shaxs, jamiyat va davlat