Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi – Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi.
Tarixi 1994-yilda Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi sifatida tashkil etilgan. 2001-yilda Madaniyat vazirligi bilan birlashtirilgan. 2017-yilda jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasi sifatida qayta tashkil etilgan. 2018-yil 5-mart kuni davlat qoʻmitasidan vazirlikka aylantirilgan. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabr kuni mamlakatdagi vazirlik va idoralar soni 61tadan 28taga qisqartirilishini maʼlum qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yangi tashkil etilgan Yoshlar siyosati va sport vazirligiga biriktirildi. Adham Ikromov vazir etib tayinlandi. Alisher Saʼdullayev barcha lavozimlarini saqlab qolgan holda, vazirning birinchi oʻrinbosari etib tayinlandiYangi tashkil etilgan Yoshlar siyosati va sport vazirligiga rahbar tayinlandi.
2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi qaytadan Sport vazirligiga aylantirildi. Yoshlar ishlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻtkazildiYoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida. Sport vazirligi qaytadan tashkil etildi. Vazirlar Jismoniy tarbiya va sport Komil Yusupov (2000—2004) Madaniyat va sport Alisher Azizxoʻjayev (2004—2007) Rustambek Qurbonov (2007—2009) Anvar Jabborov (2009—2012) Tursunali Qoʻziyev (2012—2013) Minhojiddin Hojimatov (2013—2015) Bahodir Ahmedov (2015—2017) Jismoniy tarbiya va sport Rustambek Qurbonov (2017—2018) Shoakrom Isroilov (2018) Dilmurod Nabiyev (2018—2021) Turizm va sport Aziz Abduhakimov (2021—2022) Sport Adham Ikromov (2022-yildan)
Rahbariyat Vazir: Adham Ikromov Vazir oʻrinbosari: Murod Ismoilov Vazir oʻrinbosari: Shahrullo Mahmudov Vazir oʻrinbosari: Avazjon Karimov
Vazirlikning tashkiliy tuzilmasi 2023-yil 7-aprel kuni vazirlikning tashkiliy tuzilmasi kengaytirilgan.
Vazirlik quyidagi boʻlinmalardan tashkil topgan:
* Sportni rivojlantirish boshqarmasi
* Olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻlimi
* Jismoniy tarbiya va ommaviy sport boʻlimi
* Sport taʼlimi va ilmiy-tadqiqot ishlari boʻlimi
* Yuridik va moliyaviy boshqaruv boʻlimi
Manbalar
Havolalar Oʻzbekiston Respublikasi ochiq maʼlumotlar portalidagi sahifasi OZBEKISTON RESPUBLIKASI YOSHLAR SIYOSATI VA SPORT VAZIRLIGI ORGinfo saytida Rasmiy sahifasi YouTubeda Rasmiy sahifasi Facebookda
Sport Turkum:2022-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar