Gyulli Nikolayevna Chokheli (, ; 12-fevral 1935-yilda Gruziyaning Tbilisi shahrida tugʻilgan) — sovet hamda gruziyalik pop qoʻshiqchi. U Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasiga xizmat koʻrsatgan artist (1967) hisobalandi.Poyot Gyulli Choxeli
Biografiyasi Gyulli Chokheli 1935-yil 12-fevralda Gruziyaning Tbilisi shahrida tugʻilgan. Onasi — Gruziya xalq artisti Yelena Chokheli.O Gyulli Choxeli
U maktab yillari paytidanoq qoʻshiq kuylashni boshlagan, Tbilisi davlat konservatoriyasidagi musiqa maktabida tahsil olgan. Chokheli qoʻshiqchilik faoliyatini 1950-yillarning oʻrtalarida boshlagan hisoblanadi. 1953-yildan buyon Filarmoniyaning vokal triosida professional sahnada qoʻshiqchi boʻlgan.Gyulli Choxeli. Biografiya
50-yillarning oxirlarida Gyulli Chokheli Oleg Lundstrem, Konstantin Orbelyan, Yuri Saulsky orkestrlarida faoliyat yuritgan. 1961-yildan buyon Eddie Rosnerning yakkaxon konsertlari va katta guruhi bilan chiqish qilgan. U qisqa fursat ichida Sovet Ittifoqidagi yetakchi jazz janrida ijod qiluvchi ayol qoʻshiqchilaridan biriga aylandi.გიული ჩოხელი გადაცემაში წითელი ზონა
Chokhelining repertuarida asosan jahon xalqlarining qoʻshiqlari hamda sovet bastakorlarining koʻplab qoʻshiqlari mavjud:
„Tbiliso“ — Revaza Lagidze „Muzika“ — Mikaela Tariverdieva „Jyoltie listya“ — Murada Kajlaeva
U, shuningdek, Tallin, Moskva hamda Praga (barchasi 1967-yilda) da oʻtkazilgan xalqaro jazz musiqasi festivallari laureati hisoblanadi.
1980-yilda u Gruziyada olingan „Poyot Gyulli Choxeli“ nomli televizion filmda ham chiqish qilgan.
Chokheli 1967-yilda Sopot xalqaro qoʻshiq festivalida birinchi oʻrin bilan taqdirlangan.Gyulli pela posledney
Mukofotlari 2015-yil 28-martda Tbilisidagi Event Hallda Gyulli Chokhelining yubiley kechasi boʻlib oʻtdi hamda uning nomidagi yulduz ochildi. Shu kuni Gruziya madaniyat va yodgorliklarni muhofaza qilish vaziri Mixail Giorgadze vazirlikning maxsus mukofotini — Gyulli Chokheliga topshirdi. Tbilisi meri Kaxi Kaladze Gyulli Chokhelini Tbilisining faxriy fuqarosi unvoni bilan taqdirladi.
Manbalar
Havolalar გიული ჩოხელი — ქართველი ჯაზდივა Pevsi sovetskoy estradi Gyulli Chokheli last.fm saytida საიტი დოკუმენტური ფილმი გიული ჩოხელის შესახებ გიული ჩოხელის კონცერტი გიული ჩოხელი გადაცემაში „წითელი ზონა“ გიული ჩოხელი — ქართველი ჯაზდივა
Turkum:Yashayotgan insonlar