„Learning to Play Guitar“ (), toʻliq nomi: „Learning to Play Guitar: Chords, Scales, and Solos“ () — amerikalik musiqachi, Kolorado universiteti professori Colin McAllister hozirlagan gitara chalishni oʻrgatuvchi qoʻllanma. Onlayn video va DVD formatida tayyorlangan qoʻllanma PDF formatidagi hamroh kitob bilan nashr etilgan. Qoʻllanma 2017-yil Chantilly shahrida „The Teaching Company“ nashriyotida chop etilgan.

Asar gitara chalishni noldan boshlaganlar uchun moʻljallangan. Qoʻllanma har biri oʻrtacha yarim soat davom etadigan 24 ta darsdan iborat boʻlib, hamroh kitobda videoda oʻrgatilgan materiallarning muxtasari keltirilgan. Har bir bob besh modulga (texnika, nota yozuvi, akkordlar, gammalar va praktika) boʻlingan.

Manbalar

Havolalar „Learning to Play Guitar: Chords, Scales, and Solos“ The Great Courses saytida „Learning to Play Guitar: Chords, Scales, and Solos“ Colin McAllister saytida

Turkum:Gitara chalish boʻyicha kitoblar