Shavkatjon Shokirdjanovich Abdurazakov (1976-yil, Namangan, Oʻzbekiston SSR, — oʻzbek davlat arbobi. 2015—2017-yillarda Namangan tumani hokimi, 2017-yil iyulidan Namangan shahar hokimi boʻlgan. 2020-yil 5-martdan 25-sentyabrgacha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasini boshqargan. 2020-yil 25-sentabrdan Namangan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi. 2021-yil 19-fevraldan Namangan viloyat hokimi etib tayinlandi.
Biografiyasi Shavkat Abdurazakov 1976-yilda Namanganda tugʻilganhttps://uz.sputniknews.ru/20200305/Khokim-Namangana-naznachen-predsedatelem-Goskomekologii-13607674.html. 1998-yilda Namangan muhandislik-qurilish institutini, 2006-yilda esa Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
2015-yildan 2017-yilgacha Namangan tumani hokimi, 2017-yil iyuldan esa Namangan shahar hokimi va Vazirlar Mahkamasining qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmol tovarlari boʻyicha axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlaganhttps://podrobno.uz/cat/politic/shavkat-abdurazakov-vozglavil-namanganskuyu-oblast-ranee-on-rabotal-predsedatelem-goskomekologii/.
2020-yil mart oyida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasini boshqarganhttps://www.gazeta.uz/ru/2020/09/25/namangan-region/.
2020-yil 25-sentabrdan Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandihttps://uz.sputniknews.ru/20200925/Naznachen-vrio-khokima-Namanganskoy-oblasti-15053135.html. Hokimlikka tayinlangach, sobiq hokim Xayrullo Bozorov tomonidan boshlangan „Namangan city“ qurilish loyihasini bekor qildi
Internetdagi mashhurlik Shavkat Abdurazakov OAVga bergan intervyularidagi fikrlari tufayli jamoatchilik nazariga tushib turadi. Jumladan, 2021-yil aprel oyida „Internetdagi negativ fikrlar bekorchilikdan kelib chiqishi“ni aytgan boʻlsa, hokimliklarning avtomashinalar xarid qilishi haqidagi tanqidlarga mashinalar chetdan keladigan mehmonlar uchun kerakligini aytib, tanqidlarga javob bergan edi. Shuningdek, Sh. Abdurazakov 2021-iyul oyida ijtimoiy tarmoqlarni bir oyga yopib, hammani kitob oʻqitish kerakligi haqidagi fikri tufayli ham ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari nazariga tushgan edi.
Mukofotlari Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2026-yil 22-avgust) — Yangi Oʻzbekistonda keng koʻlamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini taʼminlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtibori va nufuzini yuksaltirishga qoʻshgan munosib hissasi, ilgʻor innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari Turkum:Namangan muhandislik-qurilish instituti bitiruvchilari Turkum:Namangan viloyati hokimlari