Farhod Nuritdinovich Zayniyev(1981-yil 30-iyun, Qarshi, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik moliyachi va huquqshunos, 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi aʼzosi.

Biografiyasi Farhod Zayniyev 1981-yil 30-iyunda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. 2002-yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2004-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. 2008-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining yuridik fakultetini tamomlagan. Millati oʻzbek.

2001—2002-yillarda Oʻzsanoatqurilishbank tezkor boshqaruv boʻlimining mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

2005—2006-yillarda Oʻzbekiston milliy bankida Bank boʻlimlarini boshqarish markazi Agrosanoat kompleksida ishlarni muvofiqlashtirish va maqsadli mablagʻlar monitoringi booʻimi 1-toifali mutaxassisi.

2009—2016-yillarda Naqd pul muomalasi va kassa operatsiyalari boʻlimining boshqaruvchisi boʻlgan.

2016-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy bankining Qashqadaryo viloyati filiali boshqaruvchisi lavozimini egallagan.

2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining aʼzosi boʻldi. Sanoat, qurilish va savdo boʻyicha komissiya aʼzosi.

Mukofotlari „Shuhrat“ medali (2026-yil 22-avgust) — Yangi O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari Turkum:Toshkent moliya instituti bitiruvchilari Turkum:Milliy tiklanish demokratik partiyasi aʼzolari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar