Feruza Farxodovna Eshmatova (tugʻ. 1979-yil, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek huquqshunosi, yuridik fanlari doktori, monografiya, risolalar 100 dan ortiq ilmiy va publitsistik maqolalar muallifi. 2021-yil 5-fevraldan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman).
Hayoti Feruza Eshmatova 1979-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini 2000-yilda tugatgan. 2002—2014-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
2014-yilda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan III chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Xalqaro ishlar va parlamentlaaro aloqalar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, 2020-yilda IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylangan va Senatning Xotin-qizlar va gender tengligi qoʻmitasi raisi boʻlgan.
2021-yil 15-yanvarda Qonunchilik palatasi deputatlari Feruza Eshmatovani Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) va 2021-yil 5-fevralda Senat uning nomzodini maʼqulladi.
Mukofotlari Doʻstlik ordeni (2026-yil 22-avgust) — Yangi O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston senatorlari Turkum:Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar