Daryo.uz – 2013-yil yanvar oyidan buyon faoliyat yuritayotgan oʻzbek tilidagi axborot internet-nashri . Bosh muharrir – Ahmad Yusupov. Oʻzbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligidan Ommaviy axborot vositasi sifatida roʻyxatdan oʻtgan.

„Daryo“ – bu jahonda va Oʻzbekistonda sodir boʻlayotgan eng soʻnggi yangiliklarni oʻquvchilarga sodda va tushunarli tilda hamda tezkor yetkazib berishga moʻljallangan internet-nashr.

Internet-nashri Oʻzbekistondagi yetakchi ommaviy axborot vositalaridan biri hisoblanadi.

„Daryo“ 2013-yilda Uz Milliy domeni internet-festivalida „Yil yangiligi“ nominatsiyasi boʻyicha 3-oʻrinni egallagan. 2014-yilda Uz domeni internet-festivalining eng ommabop OAV sayti yoʻnalishida birinchi oʻringa loyiq topilgan.

Nashr yangiliklarini 1 oyda 4 milliondan ortiq kishi oʻqiydi. Saytdagi koʻrishlar soni esa 1 oyda 21 milliondan oshadi.

Bugungi kunda nashrda 50 dan ortiq tajribali, taniqli, yosh jurnalistlar, shuningdek, muharrir hamda musahhihlar faoliyat olib boradi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston internet ommaviy axborot vositalari Turkum:Ommaviy axborot vositalari Turkum:Internet Turkum:Jurnalistika