Toʻliq nomi: Putin's People: How the KGB Took Back Russia and Then Turned on the West () — britaniyalik jurnalist Catherine Belton tomonidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va rossiyalik milliarderlar haqida yozilgan kitob. 2020-yil aprelda HarperCollins nashriyotida chop etilgan.
Tavsifi Asar 16 yil davomida Financial Timesning Moskvadagi korrespondenti boʻlgan va Rossiyada yashagan britaniyalik jurnalist Catherine Belton tomonidan yozilgan. U Moskvada korrespondentlik qilish davomida oligarxlar, amaldorlar, maxsus xizmat vakillari va Kremlda ishlovchi insayderlar bilan yaqindan tanishgan«Люди Путина»: одиссея офицера КГБ, который навсегда остался в Дрездене // BBC, 10 июня 2020. Kitob „Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqin odamlari, KGB (DXB) ning sobiq ofitserlari va kuchishlatarlar postsovet iqtisodiyoti va davlat institutlarining yogʻli sohalarini oʻz taʼsir doirasida tutib turgani“ haqida hikoya qiladiДва миллиардера и «Роснефть» подали в суд на издателя книги «Люди Путина» // РБК, 2 мая 2021. Kitob jurnalistik surishtiruv shaklida yozilgan boʻlib, Kremldagi insayderlar, diplomatlar, razvedkachilar, prokurorlar, kriminal shaxslar va oligarxlardan, asosan anonim tarzda olingan sharhlardan iboratdir.
Sud 2021-yil mart, aprel va iyul oylarida Putin's People kitobini chop etgani uchun HarperCollins nashriyotini yolgʻon maʼlumotlarni tarqatishda ayblab bir necha marotaba sudga berishgan. Sudga berganlar: Roman Abramovich — milliarder, „Chelsea“ futbol klubi sobiq egasi; Mixail Fridman — „Alfa Grupp“ egalaridan biri; Pyotr Aven — Alfa-bank direktorlar kengashi raisi; Shalva Chigirinskiy — biznesmen; Rosneft kompaniyasi. Londonda sudgacha boʻlgan kelishuv shartlariga koʻra kitobni chop etgan HarperCollins nashriyoti kitobda keltirilgan maʼlumotlar boʻyicha muallif milliarderlar bilan gaplashmasdan, ushbu maʼlumotlarni chop ettirgani uchun uzr soʻradi va kitobning keyingi nashlarida bahslarga sabab boʻlgan maʼlumotlar chop etilmasligini maʼlum qildi .
Mukofotlari 2020-yil „The Times“, „The Sunday Times“ va „The Daily Telegraph“ nashrlari „Putin's People“ kitobini yil kitobi deb eʼlon qildilar.
Manbalar
Havolalar A KGB Man to the End. The origins of Putin’s worldview—and the rise of Russia’s new ruling class // The Atlantic Breakingviews — Review: Russian capitalism binds «Putin’s People» // Reuters How Putin pushed aside the oligarchs and made Russia his own // The Washington Post Moscow rules in London: how Putin’s agents corrupted the British elite // The Spectator Putin’s People by Catherine Belton review — a groundbreaking study that follows the money // The Guardian Putin’s People by Catherine Belton review: the book that reveals the truth about Russia // The Daily Telegraph Putin’s People by Catherine Belton review — the most important book on modern Russia // The Times ʻPutin’s People’ Documents the Ruthless and Relentless Reach of Kremlin Corruption // The New York Times Putin’s People: How the KGB Took Back Russia and Then Turned on the West // Financial Times