|} Akbar Xusnidilla oʻgʻli Joʻrayev (1999-yil 8-oktabr Toshkent viloyati Gʻazalkent shahri) – oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi, Olimpiya chempioni, 109 kg vazn toifasida „Osiyo chempionati – 2019“ kumush medali sovrindori, 2019-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi. Yoshlar oʻrtasidagi jahon rekordchisi. 2020-yil Tokioda Olimpiada chempioni. Olimpiya rekordchisi. 2024-yilda Parijdagi Olimpiada oʻyinlarining kumush medal egasi. „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni sohibi.

Hayoti Akbar Joʻrayev 1999-yil 8-oktyabrda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi Soyliq qishlogʻida tugʻilgan. Chirchiq shahridagi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil olgan.

Faoliyati Akbar Joʻrayev 2017-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Birinchi murabbiyi Farhod Mirzajanov. Olimpiada bahslariga murabbiyi Bahrom Mendiboyev qo'l ostida tayyorlanmoqda. 2017-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Joʻrayev 105 kg vazn toifasida ikki urinishda 352 natija bilan oltinchi boʻldi(162 + 190) . Akbar 2017-yilda Anaxaymda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 105 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 13-oʻrinni egalladi (373 kg). U dast koʻtarishda 174 kg, siltab koʻtarishda 199 kg koʻrsatkichni qayd etdi. 2018-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida u umumiy vazni 372 kg boʻlgan oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Xuddi shu yili, 2018-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida u kumush medalni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Hammasi boʻlib Akbar Joʻrayev 369 kg koʻrsatkichni qayd etdi: dast koʻtarishda 167 kg, siltab koʻtarishda 202 kg.

2018-yil noyabr oyining boshida Ashxobodda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida oʻzbekistonlik sportchi 102 kg vazn toifasida dast koʻtarish mashqlarida 180 kg ogʻirlikdagi shtanga koʻtarib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Yakuniy bosqichda u bir kilogramm farq bilan toʻrtinchi boʻldi. Uning ikkinchi koʻtarishdagi natijasi 212 kg edi.

2018-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan Qatar Xalqaro Kubogida Akbar Joʻrayev 109 kilogrammgacha boʻlgan yangi vazn toifasida jami 392 kilogrammni koʻtarib, bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Aprel oyida Osiyo chempionatida Akbar Joʻrayev 109 kg vazn toifasida shaxsiy rekordini yaxshilagan edi. Oʻzbekistonlik ogʻir atletchi dast koʻtarishda 185 kg, siltab koʻtarishda 225 kg koʻtarib, jami 410 kg vazn toifasi bilan kumush medal sohibi boʻldi. Iyun oyida u jami 398 kg koʻtarib, oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni boʻldi..

2019-yil Pattayada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Akbar Joʻrayev 109 kg vazn toifasida 229 kg ogʻirlikdagi shtanga koʻtarib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Yakuniy protokolda u 417 kg natija bilan toʻrtinchi boʻldi. Bu natija yoshlar oʻrtasidagi jahon rekordidir.

Dekabr oyida Jahon chempionatida u 400 kg natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi. U, shuningdek, dast koʻtarishda 185 kg, siltab koʻtarishda 220 kg (jami 405 kg) muvaffaqiyatli urinishlar koʻrsatib, Qatar kubogini qoʻlga kiritdi.

2020-yilda u Xalqaro birdamlik chempionatida ikki urinishda jami 410 kg koʻtarib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Aprel oyida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida u yana ikkinchi boʻldi va 109 kg vazn toifasida oʻz faoliyatidagi eng yaxshi natijani koʻrsatdi – siltab koʻtarishda 194 kg, siltab koʻtarishda 234 kg (jami 428 kg).

U Oʻzbekiston chempionatida Olimpiada chempioni Ruslan Nurudinovni 12 kilogrammga magʻlub etib, Tokioda boʻlib oʻtadigan 2020-yilgi Yozgi Olimpiadada qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. Yaponiyada u armanistonlik ogʻir atlet Simon Martirosyanni magʻlub etdi va Olimpiya chempioni boʻldi. Sportchi siltab koʻtarish bahslarida 237 kilogramm ogʻirlikdagi toshni koʻtarib, Olimpiada rekordini oʻrnatdi va delegatsiyaning navbatdagi medalini naqd qildi. 2023-yilda Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida 109 kilogramm vazn toifasida oʻzbekistonlik sportchi jami 415 kilogramm natija bilan jahon chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi.

2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari Akbar Joʻrayev 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida dast koʻtarishda 185 kg natijani qayd etdi. Siltab koʻtarish bahslarida 219 kgni koʻtardi. Umumiy 404 kg natija bilan kumush medalga sazovor boʻldi.

Asosiy natijalari Yil Musobaqa joyi Vazn toifasi Siltab koʻtarish (kg) Qoʻlga olib siltash (kg) Jami Oʻrin 1 2 3 Oʻrin 1 2 3 Oʻrin Olimpiada oʻyinlari 2021 Tokio, Yaponiya 109 kg 189 189 193 227 234 237 OR 430 OR 2024 Parij, Fransiya 102 kg 180 185 189 219 224 232 404 Jahon chempionati 2017 Anaheim, AQSH 105 kg 164 169 174 12 194 199 203 15 373 13 2018 Ashxobod, Turkmaniston 102 kg 173 178 180 200 207 212 4 392 4 2019 Pattaya, Tailand 109 kg 183 184 188 6 221 226 229 417 4 2021 Toshkent, Oʻzbekiston 109 kg 187 192 195 226 232 238 433 2023 Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni 109 kg 182 189 189 220 226 231 415 2025 Førde, Norvegiya 110 kg 189 193 196 CWR 227 232 245 428 CWR Jahon kubogi 2024 Phuket, Tailand 109 kg 180 185 189 220 227  – 416 Osiyo oʻyinlari 2023 Xanchjou, Xitoy 109 kg 180 184 189 220 222 228 417 Osiyo chempionati 2019 Ningbo, Xitoy 109 kg 176 181 185 215 219 225 410 2020 Toshkent, Oʻzbekiston 109 kg 188 194 197 225 234 238 428 2023 Jinju, Janubiy Koreya +109 kg 189 195 195 4 230 240 242 437 2024 Toshkent, Oʻzbekiston 102 kg 175 180 183 214 219 220 400 2025 Jiangshan, Xitoy 109 kg 180 183 189 217 223  – 406 Jahon yoshlar chempionati 2017 Tokio, Yaponiya 105 kg 155 159 162 4 185 185 190 6 352 6 2018 Toshkent, Oʻzbekiston 105 kg 167 172 172 195 202 210 369 2019 Suva, Folklend 109 kg 173 177 182 212 216  – 398

Unvon va mukofotlari 2021-yilda „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni bilan mukofotlangan 2024-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni berilgan. Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak ogʻir atletikachilar Turkum:Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida oltin medali olgan sportchilari Turkum:21-asrda Oʻzbekistonlik erkak sportchilari Turkum:2021-yilgi Islom birdamlik oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:2022-yilgi Osiyo oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari kumush medali sohiblari Turkum:Oʻzbekistonning Islom birdamlik oʻyinlarida oltin medali olgan sportchilari