Josephine Eliza Langford (; 1997-yil 18-avgustda tugʻilgan) – avstraliyalik aktrisa. U After filmlar seriyasida jonlantirgan Tessa Young roli orqali shuhrat qozongan. U ,shuningdek, Netflix tomonidan suratga olingan „Moxie“ filmida Emma Cunningham rolini, Amazon Prime Video tomonidan suratga olingan „The Other Zoey“ va „Gigi & Nate“ filmlarida esa mos ravishda Zoey va Katy Gibson rollarini ijro etgan.
Hayoti Langford Gʻarbiy Avstraliyaning Pert shahrida tugʻilgan va Pertning daryo boʻyida joylashgan shaharchasi Applecrossda katta boʻlgan. U uchuvchi shifokor Stephen Langford va tibbiy xizmatlar direktori pediatr Elizabeth Greenning kenja qizi. Uning katta opasi Katherine Langford ham aktrisalik faoliyati bilan shugʻullanadi.
Bolaligida Langford musiqaga qiziqib qoldi hamda saksofon, skripka va pianino chalishni oʻrgandi. U bolaligida kriket ham oʻynagan. 2008-yilda, 10 yoshida, Langford musiqa tanlovi uchun „Shadows“ nomli qoʻshiqni yozdi va ijro etdi. Bu qoʻshiq orqali u „Yil qoʻshigʻi“ mukofotini qoʻlga kiritdi. U, shuningdek, boshqa yosh bastakor Kristina Lang bilan „Lonely“ (2007) va „Sea Shanty“ (2008) kabi yana ikkita qoʻshiq yozgan.
Karyerasi Langford 13 yoshida aktyorlik saboqlarini ola boshladi. 2012-yilda u Pert kino maktabida aktyorlik boʻyisha oʻqishni boshladi. 14 yoshida u „Sex Ed“ (2013), „When Separating“ (2013) va „Gypsy Blood“ (2014) kabi bir nechta qisqa metrajli filmlarda suratga tushadi. U kinofestivallarda namoyish etilgan „Pulse“ (2017) nomli hind filmida ekrandagi debyutini qildi. Langford, shuningdek, oʻsha yili Joey King bilan birgalikda „Wish Upon“ nomli harror janridagi filmda ikkinchi darajali rolni ijro etdi. U 2017-yilda Avstraliyaning „Wolf Creek“ nomli serialida televizion debyutini qildi.
2018-yil iyul oyida Langford Anna Todd tomonidan 2014-yilda yozilgan xuddi shu nomdagi roman asosida suratga olingan „After“ filmida Tessa Young rolini oʻynadi. Film premyerasi 2019-yilda boʻlib oʻtdi va butun dunyo boʻylab 69,7 million dollar daromad keltirdi. U Tessa roli uchun Teen Choice mukofotini qoʻlga kiritdi. Jozefina Langford 2020-yil sentabr oyida chiqarilgan „After We Collided“ filmida tessa Young rolini yana bir bor ijro etdi. 2019-yilda Langford „Into the Dark“ nomli Amerika qoʻrqinchli antologiyasi veb-serialida Kler rolini oʻynadi. 2019-yil noyabr oyida esa Jennifer Mathieu tomonidan yozilgan xuddi shu nomdagi romanga asoslangan „Moxie“ nomli Netflix filmida Emma Cunningham rolini ijro etdi. „After“ filmlar seriyasiga kiruvchi uchinchi va toʻrtinchi filmlar „After We Fell“ va „After Ever Happy“ mos ravishda 2021 va 2022-yillarda chiqarildi. Beshinchi va yakuniy „After Everything“ filmining premyerasi esa 2023-yilda boʻlib oʻtdi. Josephine Langford ushbu filmlarda ham Tessa Young rolini ijro etdi.
Filmografiyasi + Filmlardagi rollari Yil Momi Rol 2017 Wish Upon Darcie Chapman 2019 After Tessa Young 2020 After We Collided Tessa Young 2021 Moxie Emma Cunningham 2021 After We Fell Tessa Young 2022 Gigi & Nate Katy Gibson After Ever Happy Tessa Young 2023 After Everything Tessa Young The Other Zoey Zoey Miller
+ Teleseriallardagi rollari Yil Nomi Rol Izohlar 2017 Wolf Creek Emma Webber Qismlar: „Journey“, „Outback“ 2019 Into the Dark Clair Singer Qism: „They Come Knocking“ 2020 Day by Day Lucy Ovoz bergan; qism: „At the Peak of It All“ Belle Williams Ovoz bergan; qismlar: „Class of 2020: Prom“, „Class of 2020: Graduation“
Mukofotlari YilMukofotTurkumNominantNatija2019Teen Choice AwardsTanlangan drama film aktrisasiAfter2021Just Jared Awards2021-yilning eng yaxshi aktrisasiJosephine Langford2022Just Jared Awards2022-yilning eng sevimli yosh aktrisasiJosephine Langford
Manbalar
Havolalar
Josephine Langford Instagram sahifasi
Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Avstraliyalik aktrisalar Turkum:Yashayotgan insonlar